Get Mystery Box with random crypto!

Talabaga konspekt kerakmi? Bir o‘qituvchimiz bor. Talaba kami | 【ᴳᵒ】༒𝙰𝚕𝚒𝚓𝚘𝚗𝚘𝚏_3114♪

Talabaga konspekt kerakmi?

Bir o‘qituvchimiz bor. Talaba kamida 10-12 bet (5-6 varoq) konspekt qilishi kerak, bu uning bilimini oshiradi, yuksaltiradi deydilar. Bu to‘g‘rimi? Umuman, siz konspekt deganda nimani xayolingizdan o‘tkazasiz?

Masalan, men berilgan mavzuning birinchi varog‘idan boshlab to belgilangan “limit”dagi varoq to‘lguncha ko‘chirishni konspekt qilish deb bilaman va shunga amal qilaman. Qo‘limda sezgan og‘rig‘im esa yozayotgan narsamni tafakkur etishga yo‘l qo‘ymaydi (!)

Shu o‘rinda bir kichik savolga javob topamiz. Xo‘sh, konspekt o‘zi nima? Ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘qib o‘rgangan ma’lumotlaringizdan o‘zingiz uchun yangilik va muhim hisoblanganingizni qayd etib borish. Bu talabaning o‘zi uchun. Agar o‘sha ma’lumotni qayd etishga ehtiyoj ko‘rmasangiz, marhamat!

Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida konspekt deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Talabalar o‘zlashtirgan mavzularini asosan prezentatsiya (taqdimot), amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatib beradilar.

Xo‘sh, bizda nega unday emas? O‘quv xonalarida yuqorida ko‘rsatilgan misollar - prezentatsiya yoki amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun kerakli sharoitlar bormi?

Shunday o‘qituvchilar borki, yozgan konspektingning kam yoki ko‘pligiga qarab bilim darajangni baholaydi. Baho qo‘yadi. 2 varoq konspekt yozgansan, lekin senda bilim yetarli - sen yaxshi baho ololmaysan, lekin kitobdagi matndan 5-6 varoq konspektni (o‘qib o‘qimay) yozib kelsang, omadingni bersin, sen a’lochisan!

Talaba uchun baho katta moddiy ahamiyat kasb etishini hisobga olsak, biz konspekt qilishimiz kerak, ko‘p-ko‘p yozishimiz (ko‘chirishimiz!!!) kerak! Menda bir fikr bor - ustoz, bir ilojini qilib kitobni boshidan oxirigacha ko‘chirib kelamiz! Hurmatingiz bor axir! Siz nima desangiz shu!..

Konspekt qilishni yoqtirmaydigan va g‘irt konspektchi do‘stlaringizga yuboring.

Talabalarga ulashing
https://t.me/+C8p8WB1Dn9EzN2Iy