Get Mystery Box with random crypto!

Mingta kitob o'qiyman! Kitob o'qish odati - albatta yaxshi, | Alhadaf |Book Blog

Mingta kitob o'qiyman!

Kitob o'qish odati - albatta yaxshi, biroq uni raqamlarga solish ya'ni qancha asarni o'qidim deyish yomon. Nega?

Sababi biz mutolaani aniq holda bajarishimiz emas, balki yozuvchi bizga qanday falsafani tushuntirmoqchi ekanligini anglashimiz kerak.

O'zi qayerdan ko'p kitob o'qish kerak degan tushuncha paydo bo'ldi? Gap nima haqida ketayotganini allaqachon tushundingiz, menimcha, albatta bu Kitobxon tanlovi haqida. Ushbu musobaqadan maqsad yoshlarni kitob o'qishga chaqirish edi, ammo bu aks ta'sirni berdi, endi bo'lajak kitobxonlarimiz asarlarni analiz qilmay, shunchaki o'qiy boshlashdi, ushbu holat esa insonni fikrlashini o'stirmaydi, balki kitobni qanchalik tezroq tugatish haqida o'ylashni yuzaga keltiradi.

Kitobni o'qigandan keyin uni analiz qilish, xuddi kino ko'rgandagi kabi u yerdagi personajlarni o'rganish insonni dunyoqarashini anchagina o'stiradi, shuning uchun kitob o'qish kerak! https://t.me/Alhadaf_Book_Blog