Get Mystery Box with random crypto!

🔒⛓shaxsiy narsalar⛓🔒

Telegram kanalining logotibi albarsimun — 🔒⛓shaxsiy narsalar⛓🔒 S
Telegram kanalining logotibi albarsimun — 🔒⛓shaxsiy narsalar⛓🔒
Kanal manzili: @albarsimun
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-27 22:30:44 #Eslatma

Amal
- Amal nima?
- Bandaning hayotda qilgan ishlari.
- Islomda bandaning amali necha qismga bo’linadi?
- Hammasi sakkiz qismga bo’linadi: Birinchisi – farz. Ikkinchisi – vojib. Uchinchisi – sunnat. To’rtinchisi – mustahab. Beshinchisi – muboh. Oltinchisi – harom. Yettinchisi – makruh. Sakkizinchisi – mustakrah. Ushbu sakkiz qism amalning ba’zilarini bajarish shart, ba’zilarini bajarmaslik shart. Yana ayrimlarini qilish-qilmaslik ixtiyoriy.
- Farz qanday amal?
- Farz Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Uzrsiz bajarmagan kishi gunohkor bo’ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va imonsiz sanaladi.

 

- Farz amali qaysi holatlarda ko’rinadi?
- Alloh taologa imon keltirish, Islom dinidagi besh vaqt namozni o’qish, ramazon oyida har kuni ro’za tutish, zakot berish va haj qilish.
- Vojib qanday amal?
- Vojib – Islom dinida bajarilishi shart bo’lgan amal. Uni bajargan kishi savob oladi, bajarmaganlar gunohkor bo’ladi. Vojib amalga ishonmagan kishi kofir va imonsiz bo’lmasa ham, katta gunohga botadi.
- Qanday amallar vojib amalga kiradi?
- Vitr namozini o’qish, hayit namozlarini o’qish, sadaqa va fitr berish, qurbonlik so’yish, Qur’ondan sajda oyatlari o’qilgan paytda sajda qilish kabilar.
- Sunnat qanday amal?
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallari. Sunnat amalini qilgan kishi savob topadi. Qilmagan kishi gunohkor bo’lmasa-da, qiyomat kuni malomatga qoladi, Payg’ambarimiz shafoatlariga loyiq bo’lmaydi.
- Sunnat amali nimalarda ko’rinadi?
- Yaxshi ishlarni «Bismillahir rohmanir rohim», deya boshlash, mo’min kishilarga salom berish, Qur’on o’qishni «A’uzu billahi minash shaytonir rojim» so’zlari bilan boshlash singari amallardir.
- Mustahab qanday amal?
- Mustahab Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ba’zan bajargan va ba’zan bajarishni lozim ko’rmagan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Ammo qilmasa, gunohkor bo’lmaydi. Qiyomat kuni azob va malomatga ham qolmaydi.
- Mustahab amaliga qanday yumushlar kiradi?
- Nafl namoz o’qish va nafl ro’za tutish, nafl sadaqa berish va doim tahoratli yurish kabilar .
- Muboh qanday amal?
- Muboh shunday amalki, qilinsa ham, qilinmasa ham durust bo’laveradi. Undan kishi savob ham, gunoh ham topmaydi. Qilish-qilmaslik bandaning ixtiyoridadir.
- Qanaqa amallar mubohga misol bo’ladi?
- Halol taomlarni yeyish, halol ichimliklarni ichish, o’tirish, turish, yurish va zararsiz so’zlarni so’zlash.
- Harom qanday amaldir?
- Harom Islom dinida qat’iy ta’qiqlangan amaldir. Uni qilgan kishi qattiq gunohga botadi, uni halol, deguvchilar kofir va imonsiz hisoblanadi.
- Qanday ishlar harom qilingan?
- Nohaq odam o’ldirish, odamzotga va hayvonotga zulm qilish, g’iybat qilish, o’g’irlik, yolg’onchilik, aroqxo’rlik va zinokorlik kabi ishlar.
- Makruh qanday amal?
- Makruh Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo’lmasa-da, gunohga botadi.
- Makruh amali nimalarda ko’rinadi?
- Masjidga tuflash, (fahsh) nag’malarga quloq solish, odobsiz she’rlarni kuylab hofizlik qilish, odamlar ichida masxarabozlik qilish, uyatsiz she’rlarni bitish kabilar makruh amallardir .
- Mustakrah qanday amal?
- Mustakrah shunday amalki, uni qilgandan ko’ra qilmagan yaxshiroqdir. Qilgan kishi gunohkor sanalmasa-da, odobsiz bo’ladi. Qiyomatda azobga qolishi mumkin.
- Mustakrahga qanday amallar kiradi?

- Taomni katta-katta yeyish, bozorda, ko’chada ovqatlanish, baland ovoz bilan kekirish va hayqirib esnash kabilar.


T.me/hijobligimsan
3 views19:30
Ochish/sharhlash
2023-02-22 10:03:31 AFZAL RAFIQOV - PAYG'AMBARLAR TARIXI (TO'LIQ)
00:00:00 1) Odam Alayhissalom
00:18:30 2) Idris Alayhissalom
00:23:39 3) Nuh Alayhissalom
00:43:24 4) Xud Alayhissalom
00:51:46 5) Solih Alayhissalom
01:03:56 6) Ibrohim Alayhissalom
01:15:12 7) Lut Alayhissalom
01:22:44 8) Ismoil Alayhissalom
01:35:15 9) Isxoq Alayhissalom
01:38:39 10) Yaqub Alayhissalom
01:43:30 11) Yusuf Alayhissalom
01:58:42 12) Ayub Alayhissalom
02:18:19 13) Shuayb Alayhissalom
02:27:24 14) Мuso Alayhissalom
02:54:57 15) Xorun Alayhissalom
03:03:18 16) Yunus Alayhissalom
03:10:09 17) Dovud Alayhissalom
03:18:25 18) Sulaymon Alayhissalom
03:29:32 19) Ilyos Alayhissalom
03:38:44 20) Al Yasa Alayhissalom
03:45:13 21) Zakariyo Alayhissalom
03:53:36 22) Iso Alayhissalom
04:14:42 23) Muhammad Sallollohu alayhi vasallam

#SOLIHA

T.me/Ramantikka_vediolar
6 views07:03
Ochish/sharhlash
2022-12-09 07:10:09 #BISMILLAH

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم

Bismillahir Rohmanir Rohiym
12 views۞نجم المجتمع۞, 04:10
Ochish/sharhlash