Get Mystery Box with random crypto!

A'lamiy

Telegram kanalining logotibi alamiy_uz — A'lamiy A
Telegram kanalining logotibi alamiy_uz — A'lamiy
Kanal manzili: @alamiy_uz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.90K
Kanalning ta’rifi

Qalbingni shifolab ol
Reklama:
@alamiy_reklama
Murojaat:
@alamiy_bot
Instagram:
instagram.com/alamiy_uz/
Aqidamiz: Ahli sunna val-jamo'a
Mazhabimiz: Hanafiy
A'lamiy Muzakkar!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-28 10:45:26
Dunyoga film (kino, serial) ko'rgani kelmadik,
(Allohga) qullikni bajargani keldik,
Qanday go'zal (inson) bu ishni bajargan,
Qanday sharmanda (inson) bu ishni bajarmagan.

#Mahmud afandi hazratlari

@alamiy_uz
5.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2024-05-26 11:10:07
Boʻydoq soʻradi:
Xotinim bilan shunday yashayki janjalga sabab qolmasin. Shunga nima qilay?
Dedim:
— Uy ishlarida yordam soʻramasdan oldin oʻzing yordam berasan
— Uydagi xarajat tugadi demasdan oldin oʻzing toʻldirib qoʻyasan. Muzlatgich doim toʻla turadi
— Shaxsiy ehtiyojiga pul soʻramay turib oʻzing berasan
— Otasinikiga borishga ruxsat soʻramay turib oʻzing eslatasan
— Kechasi bolang yigʻlasa oʻzing bilib turib qaraysan
— Tez-tez uyda ovqat qilib turasan. Qurbing yetsa tashqaridan olib kelasan
— Toʻshak masalasida zoʻravonlik, uni aybdor his qildirish yoki majburligini eslatish orqali emas balki targʻib orqali bajarasan. Xuddi begona ayolni oʻramoqchidek muomala qilasan.
— Uning lazzatlanishini oʻzingnikidan ustun qoʻyasan
— Yoʻq degan soʻzni kamdan-kam ishlatasan
— Ilm olishiga sharoit qilib berasan
— Shularning hammasidan keyin ham noshukrlik koʻrsatsa sabr qilasan)))

@alamiy_uz
9.5K views08:10
Ochish/sharhlash
2024-05-25 20:25:57




Shunchaki supeeeer mashaAllah!

@alamiy_uz
8.9K views17:25
Ochish/sharhlash
2024-05-25 18:02:24
Natijalarga erishishning siri - bu
o'sishni hech qachon to'xtatmaslikdir.

#Atom Odatlar

@alamiy_uz
9.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2024-05-24 11:56:29
Tashna

Bugun koʻrishaylik,
Yomgʻirni qara!
Suvga boʻkkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Koʻngil – tashrifinga,
Yoʻq dema faqat.

Bugun koʻrishaylik, xiyobonni qoʻy,
Soyabon koʻtarib yurish ham mahol.
Yoʻqsul peshonamda gʻaribgina uy,
Unga ikki olam sigʻar bemalol.

Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xoʻmray taʼqiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga termulib.

Bugun koʻrishaylik, ikkilanma hech,
Urunma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yoʻlga tush – avtolar sotqin.
Nozik badaningga chippa yopishgan
jiqqa hoʻl libosda koʻzimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay,
Yomgʻirda ivigan qaro sochlaring
uchidan chakillab tomgancha sharbat
dildirab uyga kir,
Dood, iforingdan,
Shilq etib yiqilay, sarxushu sarmast.

Kel, hozir koʻksimning ichi toʻla ganj,
Yor, uni, yor! Uni,
Yorugʻ nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomgʻir toʻxtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.

Bugun koʻrishaylik,
Yoʻq dema faqat...

@alamiy_uz
11.3K views08:56
Ochish/sharhlash
2024-05-24 10:00:12 Bundan 2 yil avvalgi Shamsuddin Sadruddin bilan suhbatimizdan... To'ylari munosabati bilan)

— Aka sizni oshga aytib yozayotgandim, inshaAllah kelsangiz hursand bo'lar edik...
— Ay mashaAllah juda zo'r ish bo'libdiku, bo'ydoqlik alvido ekandee buyog'iga ))
Endi bo’ydoq haqidagi postlariz qalbimni og’ritmaydi))

@alamiy_uz
9.8K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2024-05-23 22:13:29
#Juma Muborak!

Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad

@alamiy_uz
11.4K views19:13
Ochish/sharhlash
2024-05-23 20:14:13
Aytmadimmi senga, ketma deb, seni taniguvchi va bilguvchi menman faqat.
Suv yoʻq sahroda yashay oladigan joying menman faqat.
Jahl qilsang-da, ming yillik masofadagi yoʻlga ketsang-da, oxirida menga kelasan.
Boradigan maskaning oʻzimman faqat.

#Jaloliddin Rumiy

@alamiy_uz
7.0K views17:14
Ochish/sharhlash
2024-05-23 16:21:30
Kitobxon qizga

Uylanaman!
Menbop qiz darkor,
Xohi sodda, xoh boʻlsin makkor.
Zarari yoʻq qilsa koʻp pardoz,
Toʻporiroq yursa,
Qaytam soz.
Soʻz bermasin men-chun oʻlgani,
Sheʼr oʻqishni suysa boʻlgani.
Xullas,
Bitta sheʼrxon qiz kerak...
Ana-a! Menga xuddi Siz kerak.


#Anvar Obidjon

@alamiy_uz
7.5K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2024-05-23 09:51:21
Uylanish uchun pul yoʻqligini aytadi, lekin kitob sotib oladi.

Mening koʻz oldimdan ket!

Shahid Bayram Ali Ozturk rahimahulloh shogirdlariga tanbehlaridan biri

@alamiy_uz
8.1K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash