Get Mystery Box with random crypto!

Siz so‘raysiz – biz bajaramiz! Yangi interaktiv ovozli yordam | AL_CHIROQ

Siz so‘raysiz – biz bajaramiz!

Yangi interaktiv ovozli yordamchini qarshi oling! 8123 qisqa raqami bo‘yicha aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qiling va operator bilan bog‘lanishni kutmasdan...
Quyidagilarni bilib oling:
• O‘z tarif rejangiz;
• O‘z raqamingiz hisobi va holati;
• Abonent to‘lovining yechilish sanasi va tarif bo‘yicha limitlar qoldig‘i.

Quyidagi ma’lumotlarni oling:
• O‘z raqamingizda yoqilgan xizmatlar haqida;
• Ucell sodiqlik dasturlari bo‘yicha maqomingiz, afzalliklaringiz va to‘plagan promobirliklaringiz haqida;
• Kompaniyaning boshqa tariflari va xizmatlari haqida.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha xizmatlar Ucell haqi oldindan to‘lanuvchi tizim abonentlariga, aloqa markaziga qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan raqam bo‘yicha taqdim etiladi.

Ucell abonentlari uchun 8123 raqamiga qo‘ng‘iroq bepul.

Batafsil: www.ucell.uz/3ebk