Get Mystery Box with random crypto!

Qoralama daftar

Telegram kanalining logotibi akramov_azamatjon — Qoralama daftar Q
Telegram kanalining logotibi akramov_azamatjon — Qoralama daftar
Kanal manzili: @akramov_azamatjon
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47
Kanalning ta’rifi

Hammasidan bor!
Asosiysi IT!
Mualliflik huquqiga rioya qiling!

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-08 18:00:14 #bu_hammaga_tegishli

Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz. ‍

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.

@Akramov_Azamatjon
37 viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2023-03-08 17:48:38 #ww3
#yadroviy_urush

3-jahon urushi

Yadro urushi xavfining qayta tiklanishi munosabati bilan gʻarbliklar SSSRʼning Gʻarbiy Yevropani bosib olish boʻyicha soʻnggi rejalarini esga olmoqda. SSSR nima uchun bunday reja tuzgandi?

1983-yilda, AQSH-SSSR munosabatlari qaltis nuqtaga kelgan paytda amerikaliklar ikki davlat oʻrtasida yadroviy urush oqibatlarini taxminiy hisoblab chiqqan. Unga koʻra, yadroviy zarbalar almashinuvi oqibatida 100 mlngacha SSSR, 80 mlngacha AQSH fuqarosi halok boʻladi.

Moskvadagilar yadroviy urush sharoitida SSSRʼni saqlab qolishning yagona yoʻli tank zarbalari yordamida Gʻarbiy Yevropani tezda egallab olish deya hisoblagan (shu sabab ham SSSR’da tank sanoati ancha rivojlangan). Oʻshanda amerikaliklar bu yerdagi bazalaridan foydalana olmaydi va SSSR hududini bombalay olmaydi deya ishonilgan.

Kreml rejasiga koʻra, yadroviy urush yuz berganda SSSR asosiy kuchlar bilan La-Mansh boʻgʻozi va Atlantika okeani tomon harakatlanishi kerak boʻlgan. Bundan maqsad yadroviy zarbalar sabab yaroqsiz holatga kelgan oʻzining shimoliy yerlarni tashlab, Gʻarbiy Yevropada yangi SSSRʼni tashkil etish boʻlgan.

Bu haqda, SSSRʼning AQSHʼdagi elchisi (1962-1986 yillarda) Anatoliy Dobrinin oʻz xotiralarida yozib qoldirgan.

@Akramov_Azamatjon
39 views14:48
Ochish/sharhlash
2023-03-08 17:13:21 Kimdir mazza qilib kulyapti
Buyoqqa chiqqin

Shunga write qivorin
@PIIMA_EVIM
40 viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-08 14:36:28 Indinga hashar, chiqasilarmi?

@Akramov_Azamatjon
41 viewsedited  11:36
Ochish/sharhlash
2023-03-08 14:31:20
#Sky
Blue

@Akramov_Azamatjon
39 viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2023-03-08 13:23:49
Namoyishchi ayol Gurjiston parlamenti oldidagi maxsus kuchishlatar qoʻshinlar roʻparasida Yevropa Ittifoqi bayrogʻini silkitmoqda.

@Akramov_Azamatjon
35 views10:23
Ochish/sharhlash
2023-03-08 12:11:37 Yondosh kanal

Norasmiy:
https://t.me/+ovw-PPchGvkxOGI6

@Akramov_Azamatjon
35 views09:11
Ochish/sharhlash
2023-03-08 11:25:07
#Rasman #Tezkor #Yangiliklar

Assalomu aleykum kanalimiz a'zolari, bugun mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki, biz u insonni topdik!


8-mart bilan

P/s. Ssilkani bosing va dunyoning eng baxtli va eng boy odamini ko'rasiz

@Akramov_Azamatjon
30 viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash
2023-03-08 11:24:42
Bugungi tabriklardan

(ozgina shkalmanda)
(uzr-a)

@Akramov_Azamatjon
27 viewsedited  08:24
Ochish/sharhlash