Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xod | Akramjon Yuldashev | Rasmiy kanal

Qadrli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar!

Siz, azizlarni 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari” kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilayotgan islohotlar dunyo jamoatchiligi tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, so‘z erkinligi va OAV ochiqligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar mamlakat imijini ko‘tarishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, albatta Siz, jasur va bilimli journalist va blogerlarning, axborot xizmati xodimlarining o’rni juda katta.

Bugun dunyoda tahlikali vaziyat hukm surayotgan bir vaqtda kuchli huquqiy davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini qurish maqsadimiz ustuvor bo’lib qolaveradi. Bu uchun esa so‘z erkinligi, OAVning tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyatga aylanishi eng muhim masaladir. Sizlar kabi minglab olijanob kasb egalarining sa’y-harakatlari, iste’dod va mahorati bilan mamlakatimizning xalqaro imiji yaxshilandi va mamlakatimizda xalqimiz hamda hukumatimiz o’rtasida o’zaro ishonch kayfiyati shakllandi. Bugun dunyoda sodir bo’layotgan voqealar bu ishinchning naqadar muhim ekanini ko’rsatib turibdi.
OAV, jurnalistlar va blogerlar huddi oyna kabi yuzimizga kamchiliklarimiz va muammolarimizni ko‘rsatib bermoqdaki, bu barchaga birdek foydali va manfaatli bo‘lmoqda. Bugun Andijon davlat universiteti barcha turdagi OAV hamda blogerlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda va bundan keyin ham doimo ochiq muloqotda bo‘lishini bildirib o‘tmoqchiman.

Sizlar bilan hamkorligimiz natijasida universitet imiji oshib bormoqda, mavjud muammolarimiz yechilmoqda. Bunda sizlarning xizmatlaringiz alohida ahamiyat kasb etishini mamnunlik bilan qayd etib o‘tmoqchiman.

Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda sizlarga, sizlarning bilim va iste’dodingizga tayanamiz.

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Akramjon Yuldashev
Andijon davlat universiteti rektori