Get Mystery Box with random crypto!

Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak 28.03.2021 23:08 Umurni qi | 📚 Акмал Мирзо Шерлари 📚

Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

28.03.2021 23:08

Umurni qilsam men bugun sar varaq
O‘n to‘qiz bahorni ko‘ribmanda naq
Bugun jonim xam bo‘lmoqda ilxaq
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Ortda qolmoqda biz yurgan yo‘llar
Qaniydi qaytsaydi bolalik kunlar
Xar kuni ezilar so‘z siz bu dilar
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Mana bugun onam sochlarida oq
Nafis qo‘llari xam bizni deb qadoq
Bu azobga chiday aytingchi qandoq
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Bugun mana xatto ko‘zlarimda nam
Shu sherni yozyabman dilimda alam
Dardimga topilmas xattoki malham
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Shu ekanda bildim umur savdosi
Qani bo‘lsa edi buning davosi
Shudur dardlarimni shu indalosi
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Akmal barchasiga sabr qil toqat
Inson yasholmaydi dunyoda abad
Umur o‘tib bormoqda og‘ir musibat
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Kun kelib o‘qishar balki sherlarim
Mujasamdur sherda barcha darlarim
Ko‘z ochib yumguncha birodarlarim
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Omonat dunyoda omon bo‘laylik
Olloh nasib qilsin baxtga to‘laylik
Xayot ekan ayting nima qilayki
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Olloh berganinga shukurlar qildim
Nolimadim ammo dardimni aytim
Ne qilay yoshligim sog‘inib ketdim
Kechagi yoshligim bo‘libdi ertak

Bolaligim endi endi alvido
Yarmimni yo‘qotdim menimcha go‘yo
Bevafo ekan bildim bu dunyo
Kechagi yoshligim endi alvido.

AKMAL MIRZO