Get Mystery Box with random crypto!

Farzand “Tovuq” emas! Oxirgi paytlar ko’p eshitayotgan so’zla | Akbar Hasanov | Rasmiy blog

Farzand “Tovuq” emas!

Oxirgi paytlar ko’p eshitayotgan so’zlarimdan biri. Shoxing chiqamidi o’qib?
O’qiding nimani qoyillatding? Kechirasiz qadrli ota-onalar farzandingiz tovuqmidi-ki, bir faslda tuxum bersa har kun natija bersa sizga. Yoki intensiv bog’midi sizga baxorda ekib kuzda xosil tergani idish olib borgani?

Ota-onaning vazifasi bolaga erkin fikrlashiga hayotda o’z o’rnini topishi yo’lida dastak bo’lish undan nimani qoyillatding emas, jamiyatda o’z munosiblik darajasida xizmat qilishini taklif qilish kerak.

Farzanddan “tuxum” qo’yish so’ralishi Xo‘rozdan tuxum so’ralishi bilan teng. So’zlarimiz tilga achchiq lekin, kelajak avlod hayoti ma'nosida shirin deb umid qilib qolamiz.

Sizning fikringiz qanday bu mavzuda?


Bu postni o’qishi shart deb bilgan yaqinlaringizga ulashishniham unutmang.
@akbarhasanov_blog