Get Mystery Box with random crypto!

Aka meni unutib qoʻymang Aka mexr qancha turadi Narxi qancha s | Akajonimi singiljioni😘🤗

Aka meni unutib qoʻymang
Aka mexr qancha turadi
Narxi qancha shu oqibatni
Nega dillar yeg'lab yuradi
Tanisizmi? Qadr qimmatni
Gar bozorda sotilsa mexr
U bozordan qayting akajon
Topganim shu sogʻinchim axr
Boyligim yo mexrim bir jahon
Umr oʻtar o'tgandek onam
Bizdan nima qolar akajon
Bolalikda so'ngandek otam
So'nib borar ko'ksimdagi jon
Sizda ham bor og'il qizingiz
Biri aka birisi singil
O'rnak boʻlib har bir izingiz
Ikkisida sinmasin ko'ngil
Qolar dunyo qolar mol davlat
G'animatdir umr akajon
Sinamoqda bizlarni fursat
Singlingiz ham omonatli jon
Dunyo o'zi eng katta bozor
Mexr bunda sotilmas aslo
Savdosida beshig-u mozor
Oqibatni tanishmas hatto
Singlingizni unutib qoʻymang
Undan kelar ona ifori
Mexr bilan qadrdan kechmang
Yomon ekan aka ozori
Mexr berib bir ham bo'lmaysiz
Aka meni unutib qoʻymang
Mexr pulga sotib olmaysiz
Oxiratda savobsiz qolmang
Boylik qolar qolar mol davlat
Oramizda mexr g'animat
Aka, meni unutib qoʻymang
Jonim akam, yodigorim akam.

@akajonim_singiljonim_mexridaryo