Get Mystery Box with random crypto!

Xatcho'plar dizayni tanlovi Ahmad xalqaro maktabi o‘quvchilar | AHMAD Education

Xatcho'plar dizayni tanlovi

Ahmad xalqaro maktabi o‘quvchilarda kitobxonlik odatlarining muhimligini ta’kidlash uchun o‘quvchilar o‘rtasida xatcho‘plar loyihalash tanlovini tashkil qiladi.

Ishtirok etish shartlari:
• Boshlang'ich va yuqori sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin. ( 1-9)
• Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
• O`quvchilarning tanlovda ishtirok etishi uchun ota-onalarning yozma ruxsati talab qilinadi.
• Siyosiy maqsadlarga xizmat qiladigan, umumiy axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, haqorat va reklama unsurlarini o‘z ichiga olgan asarlar tanlovdan chetlashtiriladi.
• Tanlov komissiyasi a'zolarining birinchi darajali qarindoshlari tanlovda qatnasha olmaydi.
• Dizaynlar original va tanlov mavzusiga mos bo'lishi kerak.
• Xatcho`p dizayni ikki tomonlama bo'lib, o'lchami 5 x 21 sm bo'ladi va dizaynlarning raqamli versiyalari kamida 500x2100 piksel bo'ladi. Chetlarda bo'shliqlar bo'lmaydi. Dizaynlarning raqamli versiyalari IT o'qituvchisiga JPEG formatida yetkaziladi.
• Ishtirokchining o'ziga tegishli bo'lish sharti bilan, dizaynlarda fotosuratlar, rasmlar, multfilmlar, xattotlik, illyustratsiyalar va boshqalardan foydalanish mumkin.
• Tanlovga ariza berishning oxirgi muddati 10.04.2023 y. Belgilangan muddatdan keyin olingan dizaynlar tanlovga kiritilmaydi. Natijalar 12.04.2023 da e'lon qilinadi.
• G’olib o‘quvchimizning dizayni uning oilasining ruxsati bilan AIS maktab targ‘ibot bo‘limida qo‘llaniladi. G’oliblar maktab rahbariyati tomonidan kutilmagan mukofotlar bilan taqdirlanishadi.