Get Mystery Box with random crypto!

Dada kecha kerak bo’ldingiz Dada kecha kerak bo’ldingiz, So | Ahmadjahon | Adabiyoti

Dada kecha kerak bo’ldingiz

Dada kecha kerak bo’ldingiz,
Sog’inganim aytmoqchi bo’ldim.
Dunyosidan bezgan o’g’lingiz
Siz tomonga ketmoqchi bo’ldi.

Dada juda kerak bo’ldingiz,
Savollarim yig’ilib qoldi.
Yig’lamiqchi edim bo’g’zimga,
Achchiq alam tiqilib qoldi.

Onam uyda yolg’iz edilar,
Chidolmadi Vijdon qiynadi.
Qarshingizga ketgim keldi ha,
Lek onamni ko’zim qiymadi.

Otalarni ulug’lar zamon,
Dadasi bor uy ham koshona.
Jim kuzatdim, yuragimda qon
U davralar menga begona.

Sinovlarda toblandik rosa,
Dalda bo’lib turmadingiz ham.
Endi sizni har esga olsam,
Termulaman suratingizga...

Ko’p ranjitdim onamni ba’zan,
So’kmadingiz, baqirmadingiz.
G’aflat bosib yotdim turmasdan,
Bomdodlarga chaqirmadingiz.

Umrim o’tar kunlarni sanab,
Uchrashaylik deyman Mahsharda.
Xech bo’lmasa u yoqda yana
Bir oila bo’lib yashardik.

Bu xayotni qahratonida
Yo’l topolmay yurgan karaxtman.
Kuzga yetmay saratonida
Bargi qovjiragan daraxtman.

Jaroxatlar yoqar ko’ksimni,
Ayrilganman sizdek do’stimdan.
Yashayapman goho o’ksinib,
Yetim degan tamg’a ostida.

Indamaslar olami tomon
Xat bormoqda arzandangizdan.
Dada, sizdan roziman siz ham
Rozi bo’ling farzandingizdan.



@Ahmad_Jahon_adabiyoti