Get Mystery Box with random crypto!

...ONA... Mehringiz issiqdur hatto olovdan, Endi xayiqmayman | Ahmadjahon | Adabiyoti

...ONA...

Mehringiz issiqdur hatto olovdan,
Endi xayiqmayman dushmandan yovdan,
Shukur o‘tib oldik katta sinovdan,
Endi buyog‘iga yig‘lash yoq Ona!
O’tmishni g’am bilan eslash yo’q Ona... !


Yo‘limdagi to‘siq cho‘chita olmas,
Oyog‘imdan chalib yiqita olmas,
Taqdir zarbalari qo‘rqita olmas,
Og’riqdan yuragi vayronman Ona!
Xar bir vaziyatga tayyorman Ona!


Yaqinlarimni ham joniga tegdim,
Bazida do‘stlardan aziyat chekdim,
Qiyin kunlarimda taqdirni so‘kdim,
Lek xech kimdan yordam kutmadim Ona!
Pul topsam o‘zimdan ketmadim Ona!


Qo‘l cho‘zsam xech kimdan sado bo’lmadi,
Xamma tashlab qochdi xech kim qolmadi,
Lekin qarang Ahmad Jahon o‘lmadi,
Shu sabab qismatga qoyilman Ona!
Men shuning uchun ham shoirman Ona!




@Ahmad_Jahon_com