Get Mystery Box with random crypto!

Noname (nomsiz) Yana tushkun kayfiyat, Yana o’sha bardaman. | Ahmadjahon | Adabiyoti

Noname (nomsiz)

Yana tushkun kayfiyat,
Yana o’sha bardaman.
Sharob ichib qalbdagi
G’uborimni artaman.

Bugun xamdard kerakmas,
Bugun menga may kerak.
Charchab ketdi og’riqdan,
Portlash uchun shay yurak.

Qon oqar dil yaramdan,
Mast bo’laman alamdan.
Qo’limdan kelganida
Voz kechardim tanamdan.

Yuragim tor - tosh emas,
Ortiqcha gap yoqmaydi.
Sir yashirdim she’rimda
Ochiqcha gap yoqmaydi.

Achinganim vaqt bo’ldi,
Yo’qotganim baxt bo’ldi.
Xumo qushdan darak yo’q,
Azob esa naqd bo’ldi.

Noxaqlikdan yuz burib
Xaqiqatni qo’lladim.
Balki shuning uchundir
To’dilgandi yo’llarim.

Najot kutdim kimdandir,
Zor bo’lib himoyaga.
Atrofga boqsam nuqul
Ko’zim tushdi soyamga.

Barchasi ortda qoldi,
O’tib borar asta yil.
Xatolardan dars olib
Charchamadi xasta dil.

Xayot tinmay sabrimni
Ayamasdan sinardi.
Ahvolimga achinib
Faqat Onam qiynaldi.

Sen dadangni sog’insang
Oshiqarding vasliga.
Men ko’rgim kelgan payti
Termulardim rasmiga.

Ishonchim sotilganda
Alamdan muzlaganman.
Yaqin insonlarimni
Mozordan izlaganman.

Arzandamasman yoki
Taqdirim erkatoyi.
Tasodiflar boshimni
Egardi yerga doim.

Yaqinlarim zerikib
Mendan nari qochgandi.
O’shanda shu yolg’izlik
Quchog’ini ochgandi.

Futsatimni ko’p kutdim,
Unutganni unutdim.
Do’st qidirib qorong’u
Zulmatni makon tutdim.

Manzilim olis edi,
Niyatim holis edi.
Maqsadim baxt yurtida
Bir umr qolish edi.

Baxtlilar qatoridan
Topolmadim o’rnimni.
Shukr, harom rizq bilan
To’ydirmadim qornimni.

Mehmon bo’ldi yolg’izlik
Zulmat bosgan qasrimga.
Ishonchsiz boqar edim
Ko’zgudagi aksimga.

Qismatim menga qarshi
Qilichini charxladi.
Vafodor deb bilganim -
Vafosini narxladi.

Baxt ta’min totganim yo’q,
Botqoqqa botganim yo’q.
Yarim yo’lda sotganni
Ortidan otganim yo’q.

O’tkinchi tuyg’ularga
Yuragimdan joy berdim.
Xomhayolga berilib,
Qancha vaqtni boy berdim.

Quyosh ufqqa botganda
Tinch qo’ymas xotiralar.
Balki mustahkam sabrim
Hali ko’p bor sinalar.

Baxt izlab dard topganman,
Soxtalarni chopganman.
Meni tark etganlarga
Eshigimni yopganman.

Safarga otlanaman
Borsa - kelmas yo’l tomon.
Satrlar dengiziga
Berkinar Ahmad Jahon...



@Ahmad_Jahon_com