Get Mystery Box with random crypto!

...bug'doydan bo'shagan maydon yoqib yuborildi. Yilning shu d | Agro-Olam.Uz | Расмий канал

...bug'doydan bo'shagan maydon yoqib yuborildi.

Yilning shu davri yuqoridagi kabi sarlavha bilan boshlanuvchi xabarlar ko'payadi.

Hurmatli yer egalari sizga do'stona maslahatim va tavsiyam,
yeringizdagi tayyor organik chirindini yoqmang,
kissangizdagi gektariga 27 kg azot, 5 kg fosfor va 14 kg kaliy ulushida mineral o'git berishi mumkin bo'lgan mablag'ni yoqmang,
tuproq strukturasini yaxshilashdagi asos bo'lib xizmat qiluvchi chirindini yoqmang,
suv tanqisligi tobora xavf solayotganda namlikni ushlab turish vazifasini bajaruvchilarni yoqmang.

Yerlarimiz o'zi shundoq ham ishqoriy muhitga ega, yoqishdan hosil bo'lgan kul yanada ishqoriylikni oshirishga xizmat qilishi mumkin. Qolaversa solgan o'gitingizni parchalab o'simlikka "ovqat" qilib beruvchi mikroorganizimlarni o'ldirasiz, yeringizni o'ldirasiz.

AGROLABORATORIYA
- ILM BILAN!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
|Telegram| |Facebook|
|Instagram| |Youtobe|

Do'st va yaqinlarga ham ulashing, obuna bo'ling!

@agroolamuz