Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taolo aytadi: “Men bandamning gumonidaman. Banda yaxshi | A’fiyfun

Alloh taolo aytadi:

“Men bandamning gumonidaman. Banda yaxshilikni gumon qilsa, yaxshilik koʻradi, yomonlikni gumon qilsa, yomonlik koʻradi...”

“Taqdir nutqqa bogʻliq”, degan gap ham bor.
Shunday ekan, Allohdan faqat yaxshilikni gumon qiling. Har xil gaplardan vahimaga tushmang va tarqatmang. Ehtimollar boʻlishi ham mumkin, boʻlmasligi ham mumkin. Buni “gʻayb” deyiladi. Oʻtmishimizga qarasak, biz qoʻrqqan ishlarning koʻpi boʻlmagan, yaxshi orzu-umidlarimizning esa koʻpi ushalgan, amalga oshgan. Shunday emasmi?!
Demak, yaxshiliklarni umid qilamiz. Taqdirimiz oʻzib, boshimizga tushgan har bir ishni Allohdan deb bilamiz va sabr qilamiz.

#Tohir Abdulloh

@afiyfun