Get Mystery Box with random crypto!

Ortimga oʻgirilib qaraganimda shu vaqtgacha oʻzim faxrlanadiga | Afifa's blog |🧋

Ortimga oʻgirilib qaraganimda shu vaqtgacha oʻzim faxrlanadigan bironta ish koʻra olmayotganim daxshatga tushirdi meni.
Oʻtmishda qilgan bekorchi ishlarim, faqat bu dunyo uchun qilingan keraksiz vaqt isrofgarchiliklarim. Qanday daxshat!
Avvallari kanal yuritib insonlarga manfaat bera olyapman deb oʻylardim. Ammo hozirgi aqlim bilan analiz qilib koʻrsam qaysi ishing manfaat berishi mumkin ahmoq qiz? degim keldi avvalgi oʻzimga...((
2 kun soʻngra 19ga to'laman va shu vaqtgacha boʻsh oʻtkazgan hayotimni oʻz qoʻlimga olishim kerak.
Avvalo oʻzi uchun biron yaxshilik qilishi lozimligi haqiqatini angladim.

Orada Instagramda haqiqatdan manfaatli deb hisoblagan kitoblar bilan boʻlishib turmoqchiman ammo telegramdagi faoliyatimni tugatmoqchiman.
Maqsadlarim yoʻlida biron narsadan vos kechishim kerak boʻlsa bu oʻsha vos kechish boʻla qolsin.


Qaytaman demayman chunki hozir bunga amin emasman.
Balki oʻzim hohlagan universitetga kirganimda qaytarman...

Shu vaqtgacha men bilan boʻlganingizga, foydasi boʻlsa ham boʻlmasa ham meni kuzatganingizga ham rahmat aytmoqchiman ham uzr soʻramoqchiman..
Ummatning bir aʼzosi sifatida sizdan duo soʻramoqchiman ohirgi martta.
Yillar soʻngra bu yerda goʻzal habarlar bilan qaytish uchun.
Oʻzingizni ehtiyot qiling, hayirli va barokatli umr tilayman)

Afifa Humayro