Get Mystery Box with random crypto!

İltimos oʻqing! İshongim kelmayapti.. İnson bu qadar zolim bo | Afifa's blog |🧋

İltimos oʻqing!

İshongim kelmayapti..
İnson bu qadar zolim boʻlishi mumkinmi yana zabonsiz jonlarga qarshi bu qadar zulm!
Ey inson oʻgʻli ohiringni oʻylamoqdamisan!
Bugun Turkiyaning bir necha hududlarida sel toshqinlari kuzatildi.
Jiddiy zararlar koʻrildi bir necha yarali va yoʻqolganlar bor.
Ammo eng vahshiyona holat nima bilasizmi?
Sel kuzatilgan yerlardagi davlat tomonidan kuzatiladigan hayvonlar boshpanalari eshiklari qulflangan holatda tark qilingani.
57 zabonsiz, masum hayvonlar qurbon qilindi. Voqea joyidan olingan lavhalarni bu yerga qoʻymadim men kabi oʻzingizni tuta olmasligingizni oʻylaganim uchun.
Jonlari sogʻ boʻlishsin hududlardagi hayvonsevarlar, koʻngillilar tarafidan 225ga yaqin hayvon qutqarildi.
Qalbi goʻzal insonlar tarafidan ularning davolash va boshpana ishlari zimmasiga olishlarini bildirishmoqda.
Ha ya davlat tomonidan dastaklangan bu boshpana mudiri oʻrtadan yoʻqolgan.
Tez orada topilishi va kerakli jazosini olishini umid va duo qilib qolaman.

Ajabo bu qadar ofatlar shu masum, zabonsiz jonlarga qilinayotgan zulm tufaylimiakn deb oʻylab qolaman.
Hali oʻrmon yongʻin, hali sel, hali zilzila ohirgi 2-3 yilda bularni hammasiga guvoh boʻldim.

Unutmang butun insonlar aybdor emasdir ammo butun hayvonlar masumdur.
Ularning ohi figʻoni falaklarni larzaga keltirishini unutmaylik.
Yaqinlaringizga, atrofingizdagilarga bu jonlilarga zarar bermaslik kerakligini uqtiring, kerak boʻlsa yoshligidanoq oʻrgating.
Bir iltimosnomadir bu!