Get Mystery Box with random crypto!

#taraddud Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultet | 🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

#taraddud

Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti tasarrufidagi kafedralarning professor-oʻqituvchilari ishtirokida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik mavzusiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishni Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov hamda institut rektori maslahatchisi X.Zokirov olib bordi.

Yigʻilish davomida professor-oʻqituvchilarga talabalarga taʼlim berish samaradorligini oshirish, ularni baholash mezonlari, oʻquv xonalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, darslarni oʻtishda shaffoflikni taʼminlash, korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik kabi mavzularda batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.