Get Mystery Box with random crypto!

ADPI yoshlari | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi adpiyoshlari — ADPI yoshlari | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi adpiyoshlari — ADPI yoshlari | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @adpiyoshlari
Toifalar: Instagram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 536
Kanalning ta’rifi

Andijon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!
Sizning tashabbusingiz - sizning kelajagingiz uchun!!!
Facebook - https://www.fb.com/adpiyoshlari
Instagram - https://www.instagram.com/adpiyoshlari

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-01-08 22:44:34
Mamlakat rivoji uchun o‘ta muhim resurs

Har qanday mamlakatning eng katta strategik kuchi - yoshlar! Biz bu kuchdan qay darajada foydalana olyapmiz?

“Strategik kuch-2022” filmi sizga bu haqida so‘zlab beradi.

#repost #1video
STRATEGIK KUCH-2022

@alisher_sadullaev
40 views19:44
Ochish/sharhlash
2023-01-08 19:53:46 “Kitobxon yoshlar” tanlovida vazifa qilib berilgan kitoblarning elektron variantlari

Tanlovda qanday ishtirok etish, referal o'zi nima va u qanday yig'iladi, bularning barchasini ertaga video ko'rinishida tushuntiramiz (aslida botdagi ma'lumotlarni yaxshi e'tibor bilan o'qisangiz barchasini tushunasiz).

Ertaga tanlov bo'yicha YouTube orqali ham jonli efir tashkil etiladi va barcha savollaringizga batafsil javob beriladi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
24 views16:53
Ochish/sharhlash
2023-01-08 19:17:09
#diqqat_tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish

Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
21 views16:17
Ochish/sharhlash
2023-01-08 12:07:27 #Bilasizmi #Yoshlardaftari

Yoshlar daftariga kimlar kiradi?

14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, «Mehribonlik» uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan, muqaddam sudlangan, probasiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlar, shuningdek, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi farzandlari;

iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar — tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini boshlash, shuningdek o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan ishsiz yoshlar; psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar — jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, turli xil muammolar sababli ijtimoiy reabilitasiyaga muhtoj yoshlar (suisid sodir etishga harakat qilgan va boshqalar);

ishsiz yoshlar — haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli yoshlar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).

Bizning sahifalarimiz:
@adpiyoshlari Instagram Facebook
2.7K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-01-08 11:45:45


Faqat adolatparvarlik va masʼuliyat hissining o'zi bilan biror nimaga erishib bo'lmaydi. Qadr topish uchun, odamlarga nisbatan samimiyat, hamda mehr va voqelikka nisbatan real qaray olish ham zarur.

Albert Eynshteyn

#kun_iqtibosi #hikmatlar_xazinasi

Bizning sahifalarimiz:
@adpiyoshlari Instagram Facebook
73 views08:45
Ochish/sharhlash
2023-01-07 13:46:02
Diqqat! Shoshiling!

3 kundan so‘ng maqolalar qabuli to‘xtatiladi!

Jurnal nomi: GOLDEN BRAIN

ISSN: 2181-4120

Maqolalar 2023-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Nashr etilishi: 2023-yil 10-yanvar

Maqolalar Google scholarda 100% indekslanadi. Iqtibos oshadi.

Bepul sertifikat+diplom va onlayn havola beriladi.

Qabul doirasi:

1. Filologiya fanlari
2. Pedagogika fanlari
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
4. Aniq fanlar
5. Tabiiy fanlar
6. Iqtisod fanlari
7. Psixologiya fanlari
8. San’at va madaniyat fanlari
9.Tibbiyot fanlari
10.Texnika fanlari


Qabul tili:
o‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, tojik, qozoq va qoraqalpoq

Indeks:

1. Google Scholar
2. DOI
3. Cite Factor
4. Open Air
5. PKP | INDEX
6. Zenodo


Har bir maqola uchun DOI raqam beriladi.

Maqolalar IMRAD talabi bo‘yicha qabul qilinadi.

To‘lov: Maqola bir beti uchun 20 ming so‘m.

Murojaat uchun: @ResearchEdu_administrator

Bizning sahifalarimiz:
@adpiyoshlari Instagram Facebook
86 views10:46
Ochish/sharhlash
2023-01-07 11:26:01
Top 8 ta eng yaxshi onlayn lug'atlar 2022!

Onlayn lug'atlar yozish va o'qish madaniyatining bir qismiga aylandi. Aksariyat odamlar o'qish paytida duch keladigan turli so'zlarning aniq ma'nosini olish uchun onlayn lug'atlarga tayanadilar.

Biz siz uchun eng yaxshi reyting onlayn lug'atlarni to'pladik!

Collins Dictionary

Wiktionary

Google Dictionary

Urban Dictionary

Oxford Dictionary

Macmillan Online Dictionary

Cambridge Online Dictionary

Dictionary.com

Sharing is caring

Bizning sahifalarimiz:
@adpiyoshlari Instagram Facebook
343 views08:26
Ochish/sharhlash
2023-01-07 08:36:50
LIVE

YANGI YILDA — YANGI O'ZBEKISTON BO'YLAB SAYOHAT QIL!

Bugun, 7-yanvar kuni Andijon davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari hamda talabalar "Yangi yilda — Yangi O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" loyihasi doirasida ichki turizmni rivojlantirish, talabalarda vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirish, boy tarixiy obidalarimizni tanishtirish va ularga hurmat tuyg'usini uyg'otish maqsadida vodiy gavhari bo'lgan Farg'ona viloyatiga yo'l oldilar.

Ayni vaqtda talabalarning va ularga hamrohlik qilayotgan professor-o'qituvchilarmizning kayfiyatlari a'lo, safar tafsilotlari haqida kun davomida ma'lumot berib boramiz.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Telegram Facebook Instagram YouTube
35 views05:36
Ochish/sharhlash