Get Mystery Box with random crypto!

Istiqbolni ta’lim va yosh avlod kamoli belgilaydi “A | Adolat SDP Qashqadaryo viloyati

Istiqbolni ta’lim va yosh avlod kamoli belgilaydi

“Adolat” SDP saylovoldi dasturida ta’lim taraqqiyotini ta’minlash yuzasidan muhim va dolzarb masalalar qamrab olingan.Mustaqil yurtimiz istiqboli, mamlakat kelajagi, barcha sohalar rivoji maktab ta’limi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi alohida e’tirof etilgan. Shuni unutmaslik kerakki, ertangi farovon hayotimiz bugun o‘sib-ulg‘ayayotgan yoshlarning har tomonlama ilm-ma’rifatli, zamonaviy bilimlarni chuqur egallaganliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu tufayli ham Prezidentimiz najot ta’limda, tarbiyada, bilimda ekanligini ta’kidlab, «Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi», deya ko‘p bora ta’kidlayaptilar .
Bugun “Adolat” SDP Ko‘kdala tuman Kengashi tomonidan “Ta’lim sifati – partiya etiborida” loyihasi doirasida “Ta’lim olishda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar: yutuqlar va muammolar” mavzuidagi tadbirda ham shular xususida so‘z yuritildi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi tadbirgohida uyushtirilgan tadbirda partiya faollari, o‘qituvchilar, yoshlar vakillari qatnashdi. Unda tuman Kengashi deputati Sharofat Umbarova kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
Mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida maktab ta’limini rivojlantirish uchun keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayapti,- dedi Sharofat Umbarova.- Kelgusi besh yillikda maktablarimizda 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishi hisobiga ta’lim sifati mutlaqo yangi bosqichga olib chiqiladi. Ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, maktablarning binosigacha qaytadan ko‘rib chiqilishi, muallimlarga munosib sharoit yaratilishi belgilanayapti. O‘z navbatida o‘qituvchilarning bilim va malakasi, dars o‘tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.
Shundan so‘ng tadbirda so‘zga chiqqan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Abduqahhor Axmedov, pedagog Farxod Jumanov va boshqalar yurtimizda «Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi», degan ezgu da’vat ostida yosh avlod kamoli yo‘lidagi izchil islohotlar ko‘lami kun sayin ortayotgani haqida to‘lqinlanib gapirdilar. Ta’limdagi o‘zgarishlar birgina viloyatimiz xalq ta’limi tizimi hayotida ham yaqqol namoyon bo‘layotir. Ayniqsa, bu borada bunyodkorliklar yanada keng qamrovga kirib, yaqin yillarda viloyatda 50 ta yangi maktab barpo etish, 500 ga yaqin ilm maskanini ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Tadbirda ta’limda barcha mezonlar sifat, samaradorlik va natija bilan baholanishi qayd etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi, tashabbuslarga intilib faoliyat yuritishi ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarga umumta’lim fanlarini chuqur o‘rgatish bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish doimiy diqqat markazimizda bo‘lishi zarur.
Tadbirda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.