Get Mystery Box with random crypto!

Deputat ko‘magi bilan oilaviy shifoxona ta’mirlandi, ham jihoz | Adolat SDP Qashqadaryo viloyati

Deputat ko‘magi bilan oilaviy shifoxona ta’mirlandi, ham jihozlandi
Muborak tumanidagi Sariq qishlog‘i 2019 yil Obod qishloq dasturiga kiritilib, keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Biroq mablag‘ to‘liq shakllanmaganligi tufayli qishloqdagi oilaviy shifoxona ta’mirlanmasdan qolib ketdi.
-Qariyib to‘rt yildirki, oilaviy shifoxonamiz e’tiborsiz tashlab qo‘yildi,- deydi oilaviy shifoxona bosh shifokori R. Toshpo‘latov.- Vaqtida tegishli idoralarga murojaat qildik. Afsuski, natija bo‘lmadi. Hech qaysi idora mas’ullari bizni arzimizni tinglamadi. Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxfurat Xushvaqtovaga murojaat qildik. U kishining bevosita beminnat ko‘maklari va sa’i harakatlari bilan qurilishga mas’ul tashkilotlar oilaviy shifoxonamiz ta’mirlanishi poyoniga yetkazilishi uchun pul mablag‘larini shakllantirib berishdi. Tez kunda oilaviy shifoxonamiz zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan xonalarimiz to‘liq zamonaviy jihozlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Isitish sovutish tizimi ham yangilandi.
Biz oilaviy shifoxona xodimlari qolaversa, butun qishlog‘imiz ahli deputat Maxfurat Xushvaqtovaning elimizga nafi tegadigan muassasalarni barpo etish, ta’mirlash ishlariga ko‘rsatayotgan yordamidan cheksiz minnatdormiz.
Darvoqe, shu kecha-kunduzda shaharlarnikidan aslo qolishmaydigan har tomonlama talabga javob beradigan oilaviy shifoxona tibbiyot xodimlari qishloq odamlariga namunali xizmat ko‘rsatayaptilar. Qishloqning keksayu yoshlari esa bu kabi xayrli va savobli ishlarning boshida turgan partiyadoshimiz Maxfurat Xushvaqtova haqqiga minnatdorchilik izhor etishayapti.