Get Mystery Box with random crypto!

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining bayram tabri | ADChTI.uz | Rasmiy kanal

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining bayram tabrigi!

Qadrli yurtdoshlar!
Aziz talabalar!
Hurmatli hamkasblar!

Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz azizlarni samimiy qutlayman!

"Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" shiori ostida o'tayotgan shunday ulug' bayram arafasida yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz farovon, barchamizning oilalarimiz tinch-totuv hamda barcha sog'-salomat bo'lishini tilayman!

Eng muqaddas boyligimiz bo'lmish mustaqillikni asrash, uni keyingi avlodlarga yetkazish barchamizga nasib etsin! Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida olib borayotgan mashaqqatli mehnat faoliyatingizda zafarlar yor bo'lsin.

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Rustamov Dilshodbek Abduvohidovich,
Andijon davlat chet tillari instituti rektori v.b.

https://t.me/d_roostamov