Get Mystery Box with random crypto!

#Tayinlov Andijon davlat chet tillari instituti rektorining | ADChTI.uz | Rasmiy kanal

#Tayinlov

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Xaydarova Nasiba Adhamovna Andijon davlat chet tillari instituti Rus tili nazariyasi va tarjimashunosligi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Nasiba Xaydarova 1991-yili Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. Andijon davlat universitetini (bakalavr, 2011) O’zbekiston Milliy universitetini (magistratura, 2013) tamomlagan.

Ma’lumoti oliy. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

Rossiyaning yetakchi universitetlarida malaka oshirgan. Ko'plab xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.

Shu kunga qadar Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

N. Xaydarovani ushbu lavozim bilan muborakbod etamiz hamda kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube