Get Mystery Box with random crypto!

#Tayinlov Andijon davlat chet tillari instituti rektorining | ADChTI.uz | Rasmiy kanal

#Tayinlov

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Egamberdiyev Jasurbek Jahongirovich Andijon davlat chet tillari instituti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Jasurbek Egamberdiyev 1975-yili Andijon viloyati Oltinko’l tumanida tug‘ilgan. Andijon davlat tillar pedagogika institutini (1998) tamomlagan.

Ma’lumoti oliy. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.

Shu kunga qadar Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda ingliz tili” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

J. Egamberdiyevni ushbu lavozim bilan muborakbod etamiz hamda kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube