Get Mystery Box with random crypto!

Adabiyot kundaligi...

Telegram kanalining logotibi adabiyotkundaligi — Adabiyot kundaligi... A
Telegram kanalining logotibi adabiyotkundaligi — Adabiyot kundaligi...
Kanal manzili: @adabiyotkundaligi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalda siz asarlarga yozilgan taqrizlar, adiblar hayoti va ijodi, she'rlar va badiiy asarlardan iqtiboslar bilan tanishishingiz mumkin☺

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-22 20:27:17 #taqriz
Teodor_Drayzer
Jenni_Gerxardt

Amerikalik mashhur yozuvchi Teodor Drayzerning ilk asarlaridan biri bo'lgan "Jenni Gerxardt" muallifga shuhrat keltirgan asarlardan hisoblanadi.

"Jenni Gerxardt" asari 1911 - yilda yozib tugallangan. Asar shunisi bilan qimmatliki, unda jamiyatning barcha qatlamlari , ayniqsa kambag'allar hayoti aks etadi. Romanning bosh qahramoni - Jenni ismli 18 yoshli sodda va beg'ubor hamda o'ta kambag'al qiz. Uning oilasi nemis millatiga mansub muhojirlar. 6 nafar farzanddan tashkil topgan bu oila og'ir kunlarni boshlaridan o'tkazadilar. Shunda ularning hayotiga yorug'lik olib mister Brendor kirib keladi. Senator Brendor ularga chin dildan achinib yordam berishni maqsad qiladi, o'zi ham sezmagan holda Jennini sevib qoladi. Bunday tuyg'ular haqida o'ylab ham ko'rmagan Jennining hayotida yangi sahifa ochiladi. U xatoga yo'l qo'yadi, hayoti ostin ustin bo'lib ketadi.

Ushbu asar oddiy qizning taqdiridagi taloto'plardan, jamiyat va undagi axloqiy muammolardan , kambag'al oilalarning taqdiridan hikoya qiladi. Boylik, mansab, pul va hukmronlikni hech qachon teng taqsimlab bo'lmaydi. Jennining taqdiri mana shunday betartib dunyoda hali hech narsani anglamay turib ayanchli tus oldi.

Asarni qaysidir ma'noda Jek Londonning "Martin Iden" asariga qiyoslash mumkin. Shaxsan men "Martin Iden" ni shoh asar deb bilaman. Har ikkala asardagi qahramon o'zlari mansub bo'lmagan burjua jamiyatiga yaqinlashib fojiaga yuz tutdilar.

Xulosa qilib aytganda , ushbu asarda burjua jamiyati axloqi va bir qizning ayanchli taqdiri hikoya qilinadi.
54 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, 17:27
Ochish/sharhlash
2022-06-18 19:23:12 NODIRA NAZAR
NILUFAR PAYZIYEVA
154 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, 16:23
Ochish/sharhlash
2022-03-20 00:58:40 #taqriz FRANS_KAFKA EVRILISH Jahon adabiyotida o'ziga xos tub burilish yasay olgan, o'zining takrorlanmas uslubiga, yo'nalishiga ega bo'lgan adiblardan biri shubhasiz , Frans Kafkadir. Kafka nomi eshitilishi bilan unga yopishtiriladigan eng muhim gaplar…
401 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, edited  21:58
Ochish/sharhlash
2022-03-20 00:43:09 Hikoya uchun ishlangan rasm
355 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, 21:43
Ochish/sharhlash
2022-03-20 00:42:47
326 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, 21:42
Ochish/sharhlash
2022-03-20 00:35:22 #taqriz
FRANS_KAFKA
EVRILISH

Jahon adabiyotida o'ziga xos tub burilish yasay olgan, o'zining takrorlanmas uslubiga, yo'nalishiga ega bo'lgan adiblardan biri shubhasiz , Frans Kafkadir. Kafka nomi eshitilishi bilan unga yopishtiriladigan eng muhim gaplar - "g'amgin" , "jirkanch" "tushunarsiz" va hk. lar yodga keladi. Darhaqiqat, uni tushunish kitobxondan ancha vaqt va takroriy o'qishni talab qiladi. Bundan tashqari , adibning avtobiografiyasini bilish - ayniqsa katta foyda beradi.

Endi , Evrilish haqida. Ma'lumki , Kafka ijodiy merosi u qadar katta emas, mavjud asarlari ham uning vafotidan keyin e'lon qilingan. Adib ijodidagi eng mashhur hikoyalardan biri - "Evrilish" hikoyasidir. Ushbu hikoya avtobiografik xarakterga ega. Kafka bosh qahramon Gregor Zamza obrazi orqali o'zining shaxsiyatini ochib bergan deyishimiz mumkin. Hikoyani o'qir ekansiz, jamiyatning , hayotning achchiq haqiqati- sen boshqalarga yordam berganing uchungina kerak ekanliging oydinlashadi.

Asar qahramoni bir kuni tongda uyqudan hasharot (qo'ng'iz yoki tarakan) holida uyg'onadi. Butun hayoli ish va pul topish, oilasini boqish bilan band bo'lgan Gregorni o'z holati emas , balki qanday qilib ishga vaqtida yetib borish hayoli qiynardi. O'ta tartibli xodim bo'lgan Gregor uning bir kun vaqtida bora olmagani fojia emasligi, o'ziga kelib olgach ishga borishi bilan ovutadi. Lekin u o'rnidan turmasdanoq ish boshqaruvchi uning uyiga tashrif buyuradi. Eshik qulf, Gregor esa ovozlarga allaqanday chiyillash bilan ( hasharot tilida) javob berayapti. Vanihoyat eshik ochilib tashqariga chiqqanida hammadan ko'p boshqaruvchi qo'rqib ketadi. Shunday qilib, vaziyat oydinlashadi va Gregor Zamza xonasiga mahbusdek qamaladi. Unga ishonib yashagan boqimanda oilasi avval jamg'arilgan pullar bilan kun ko'ra boshlaydilar. Uning holidan faqatgina singlisi Gretta xabar olardi. U ham qo'rquv va jirkanish bilan , majburiyat yuzasidan!
Ota - ona va singil endi ishlashga majbur bo'lishadi, uylariga ijarachilar ham olishadi. Ularning eng katta talabi - tozalik edi. Shundan so'ng Gregor ozgina ochiq turadigan eshikdan ham mahrum bo'ladi. Ammo bir kuni u singlisi chalgan skripka ovoziga mahliyo bo'lib mehmonxonaga chiqib kelganini sezmay qoladi va uni ijarachilar ko'rib qolib ketishlarini aytishadi. Ertasi kuni Gretta Gregordan voz kechish haqida ota onasiga aytib turgan mahalda uning o'lganini oqsoch ayol aytadi.
Shunda ular go'yoki motamsaro qiyofaga kirishadi lekin hech biri achinmagani ochiq oydin ayon edi. Ota - ona endigina vafot etgan farzandini emas , qizining bo'yi yetib qolgani va uni boy oilaga turmushga berish haqida o'ylab ketishadi...

Hikoyani o'qir ekansiz, qandaydir hissizlik va jirkanish sizni chulg'ab oladi. Shu bilan birga Gregorga achinasiz. Hikoyaning avtobiografikligi shundaki, Frans Kafka hayotlik chog'ida oilasi tufayli ko'p aziyat chekkan, otasiga qarshi chiqa olmagan , otasi istagandek inson bo'la olmagan. Gregor Zamza obrazi orqali Kafka jamiyatning , insonlarning chirkin basharasini ochib bergan. Sendan foyda kelmaydimi, demak sening qadring hasharotchalik ham emas! Butun dunyoni manfaatlar boshqarishi, insoniy hislar esa ermakka aylangan jamiyatning yuzini ochadi Kafka. "Evrilish " - modernizm yo'nalishida yozilgan bo'lishi mumkin , ammo mohiyatan haqiqiy realizm namunasidir.

Nilufar Payziyeva

@adabiyotkundaligi
455 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, 21:35
Ochish/sharhlash
2022-03-12 06:32:42 2019- yil 12- mart kuni ( birinchi marta eshitgandim) eng sevimliga aylangan qo'shiq


@adabiyotkundaligi
260 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, edited  03:32
Ochish/sharhlash
2022-03-10 09:11:25 Muallif: Bashorat Otajonova
O'qidi: Nilufar Payziyeva

@adabiyotkundaligi
248 viewsNILUFAR PAYZIYEVA, 06:11
Ochish/sharhlash