Get Mystery Box with random crypto!

ADABIYOT BILIMDONLARI

Telegram kanalining logotibi adabiyot_24 — ADABIYOT BILIMDONLARI A
Telegram kanalining logotibi adabiyot_24 — ADABIYOT BILIMDONLARI
Kanal manzili: @adabiyot_24
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 450
Kanalning ta’rifi

Adabiyot faniga ixtisoslashgan kanal
Kanalimizda:
🔴 Maktab darsliklaridan qòllanmalar ✅
🔵 Adabiyotdan savol-javob ✅
🟡 Adabiyotdan Viktorina testlar ✅
🟢 Adabiyotdan quiz testlar ✅
⚪ Adabiyotdan online testlar

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-22 13:47:41
:
#SUPER_YANGILIK


Bugungi 5-blokli sertifikatli testga tayyormisiz?!

TESTda qatnashish uchun hech qanaqa pulli emas

Test quyidagi tartibda bo'lib o'tadi
1) 90 ta savol
4) DTM darajasida
Boshlanish vaqti: 20:30

Testda qatnashish uchun
@DTM_ONA_TILI_ADABIYOT kanalining a'zosi bo'lishingiz kerak
ushbu xabarni 3 ta guruh yoki kanalga yuborishingiz talab etiladi
isbot sifatida yuborganingizni skrinshot qilib
@ISBOT_UCHUNBOT ga yuborishingiz shart
skrinshot jònatmaganlar testda qatnashish man etiladi

Test
@DTM_ONA_TILI_ADABIYOT kanalida shaffof tarzda bòlib òtadi
1.1K views10:47
Ochish/sharhlash
2022-07-10 15:09:30
Bugun kanalimizda qanaqa online test bòlsin?
Anonymous Poll
21%
Majburiy ona tili 10 talik
53%
Asosiy ona tili adabiyot 30 talik
26%
5 blokli 90 talik
380 voters1.4K views12:09
Ochish/sharhlash
2022-07-10 14:56:16
Kanal yana ôz faoliyatini boshlasinmi?
Anonymous Poll
89%
Ha, yaxshi bo'lardi
6%
Yo'q, kerak emas
5%
Farqi yoʻq
340 voters1.3K views11:56
Ochish/sharhlash
2022-05-22 22:06:45 Asarlarni gap qilib yod olish


MIRTEMIR - she'rlar va dostonlar to'plami

"Bong" urilgan payt "poytaxt"ga "o'ch" olgani bir odam (qo'lida) "qoraqalpoq daftari"ga tushirilgan "surat" bilan keldi va dedi: "Tingla, hayot!", mening "izlaganim", "tog'day tayanchim" hisoblanmish "yodgorlik"im qani?!


G'afur G'ulomning she'rlari:

"Sen yetim emassan", chunki seni "kuzatish" va "sog'inish" "onalar"ning ishi. "Vaqt"i kelib, "bizning ko'chada ham bayram bo'lajak", o'shanda senga "oltin medal" beriladi, shuning uchun "bilib qo'yki, seni Vatan kutadi". Ammo hech qachon o'zingni "Men - yahudiy" dema!


O'tkir Hoshimovning qissasilari:

"Cho'l havosi"da "shamol esaveradi", ammo "bahor qaytmaydi". O'shanda "odamlar nima derkin?" deb o'ylama, "qalbingga quloq sol" va "dunyoning ishlari" hisoblanmish "2×2=5"ni "kvazarlar"ga isbotla!


Mirmuhsinning dostonlari:

"Usta G'iyos" "nevara"si "Shiroq" bilan "yashil qishloq"da "do'nan" minib, "Avesto"ni o'qib yuribdi.


Chingiz Aytmatovning nomini jahonga tanitgan asarlari(qissalari):

"Oq kema"da "birinchi muallim" hisoblanmish "Jamila" bilan "yuzma-yuz" kelganda: "Alvido, Gulsari",- deya hayqirdi.


O'lmas Umarbekovning kinosenariylari:

"Ikki soldat haqida qissa"da "yigit va qiz" "Yuksak qorliklardagi uchrashuv"da "Sevgi afsonasi"ni "O'zgalar uchun" " Changalzor qonuni"ga aylantirdi.


Oybek asarlari (5-sinf darsligi bo'yicha):

Dastlabki "Tuyg'ular"imni "Dilbar-davr qizi", "Baxtigul va Sog'indiq" " o'ch" olish maqsadida doston qilib aytishdi. Men uni roman hisoblab, "Qutlug' qon" deb "Navoiy"ga aytim. U esa "Quyosh qoraymas" dedi. Bu gapga "Fanorchi ota" "Musicha"ni hikoya qilib keltirdi. Bu hikoyada "Gulnor opa"ning " singan umid"i "tillatopar"da qolgani aytilgan ekan!

A.P.Chexovning pyesalari :

"Vanya amaki"ning "Olchazor"ida "Uch opa-singillar" "Chayka" rusumli avtomobil bilan selfiga tushyapti

A.P.Chexovning hajviy_hikoyalari:

"Qiyshiq oyna"dan "yovuz niyatli kishi" "chiqdi"

@MEGA_ONA_TILI_ADABIYOT | KANALI UCHUN MAXSUS
3.8K viewsДилшодахон Расуловна., 19:06
Ochish/sharhlash
2022-05-22 22:06:44 ......YULDUZLI TUNLAR......

Yozilganidan keyin 6 yil o‘tib chop qilingan asar qaysi?
“Yulduzli tunlar”
Qaysi asar 1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yordami bilan kitob bo‘lib chiqqan, 1981-yilda unga Davlat mukofoti berilgan?
.: “Yulduzli tunlar”
Tohir va Robiya ismli sevishganlar qaysi asar qahramonlari sanaladi?
J.: “Yulduzli tunlar”
. Qaysi asarning birinchi qismi “Arosat” deb nomlangan?
: “Yulduzli tunlar”
. Qaysi asarda tushdagi qon — yorug‘lik, deb ta’bir qilinadi?
“Yulduzli tunlar”
Andijonlik me’mor — Tohirning tog‘asi kim?
J.: Fazliddin
Robiyaning akasi kim?
Mahmud
. Andijon arkida mulla Fazliddin samoviy naqshlar va koshinlar bilan bezab qurgan devonxona tojdor ...ga ma’qul bo‘lgandan keyin unga to‘bichoq ot va bir hamyon oltin in’om qilgan.
Nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying.
.: Umarshayx mirzo
Uch yil Samarqandda, to‘rt yil Hirotda tahsil ko‘rgan, o‘sha yoqdan me’morlik san’ati bilan birga musavvirlikni ham o‘rganib kelgan” qahramon kim?
Fazliddin
Fazliddin chizgan “Chang chalayotgan qiz” surati kimning surati edi?
Xonzodabegimning
Fazliddinga hammom qurdirib, unda maxfiy tuynuk yasatib, asira qizlar cho‘milganda tomosha qilmoqchi bo‘lgan bek kim?
Hasan Yoqub
Kim Fazliddinga bir hamyon oltin berib Xon- zodabegimning suratini chizdirmoqchi bo‘ladi?
Ahmad Tanbal
Andijon dorug‘asi kim?
Uzun Hasan
. Sahar paytida qal’a sukunatini buzib hazin surnay tovushi yangradi. So‘ng unga qo‘sh naqora tovushi jo‘r bo‘ldi.
Ushbu surnay va naqora saroy ahlini nimaga chor- lar edi?
Saharlik qilishga
Umarshayx mirzo necha yoshda tasvirlangan?
39 yoshda
Umarshayx mirzoning birinchi xotini kim?
Fotima sulton
Umarshayx mirzoning ikkinchi xotini kim?
Qutlug‘ Nigor xonim
Umarshayx mirzoning uchinchi xotini kim?
Qorako‘z begim

Komila Masharipova

@MEGA_ONA_TILI_ADABIYOT | KANALI UCHUN MAXSUS
2.2K viewsДилшодахон Расуловна., 19:06
Ochish/sharhlash
2022-05-14 05:02:34 Pasport (ID karta)si bo'lmagan abituriyentlar hujjat topshiraolmaydi

Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.

Bu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integrasiya qilingan.

Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Bizning manzil
@DTM_AxborotnomasiUz
https://t.me/+7mlyHh_VqPk0NjRi

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
2.6K viewsДилшодахон Расуловна., 02:02
Ochish/sharhlash
2022-05-08 20:33:26
3.2K viewsДилшодахон Расуловна., 17:33
Ochish/sharhlash
2022-05-08 20:32:25
Qõllanma

@ADABIYOT_24
2.2K viewsДилшодахон Расуловна., 17:32
Ochish/sharhlash
2022-05-08 20:30:19 O'qishga topshirishdan oldin buni bilishingiz shart!

7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing !!!

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan turli xil ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, abituriyentlarga va yaqinlarizga ham ulashing.


Barcha Abituriyentlarga ulashing

@MEGA_ONA_TILI_ADABIYOT

@ADABIYOT_24
2.3K viewsДилшодахон Расуловна., edited  17:30
Ochish/sharhlash
2022-05-08 20:28:34
Суратли маьлумотлар
1.4K viewsДилшодахон Расуловна., 17:28
Ochish/sharhlash