Get Mystery Box with random crypto!

#Badiiy_asardan #Ihtimoliy_savollar 'NAVOIY' ROMANI 1)'...qa | ADABIYOT OʻQITISH | Sulola EDU

#Badiiy_asardan #Ihtimoliy_savollar
"NAVOIY" ROMANI

1)"...qatorasiga yetti marta ot ustidan sakrab otganligi bilan dong taratgan, chittakday yengil, qarchig'ayday olg'ir..." deb qaysi obraz ta'riflanadi?
J: Amir Badriddin

2)" ... ancha tahsil ko'rgan, har vaqt mutavoze, yuvosh tabiatli, kamtarin yigit edi" deb kimga ta'rif beriladi?
J: Shayx Bahlul

3)Husayn Boyqaro "Pahlavoni olam" deb laqab qo'ygan obraz qaysi?
J:Muhammad Sayid

4)"...turli ilmlar sohasida uncha-muncha olimlarga so'z bermas, musiqiyni chiroyli chalar , yangi kuylar to'qirdi" deb kimga ta'rif berilgan ?
J:Muhammad Sayid (Pahlavoni olam)

5)Xuroson olimlari ichida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri kim?
J: Mavlono Shahobiddin

6)"...Chorsu orqasidagi bizning chapdast temirchilar ko'chasidan o'tgansizlar, ularning "taraq-turug'i" quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur. O'zbek g'azallarini tinglaganda ham ayni shu azobni his eturmen!" deb kim aytadi?
J:Binoiy

7)" Belidan yuqorisi kengayib borgan, qabariq ko'krakli, miqti gavdali " deya kim ta'riflanadi?
J: Husayn Boyqaro

8) Past bo'yli, tiyrak ko'zli, xushmuomala, hisob-kitobga mohir kishi kim edi? J:Xo'ja Afzal 9) Sulton Mahmud kim edi?
J : Abu Said mirzoning o'g'li

10) "Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin " qaysi asardan olingan?
J: Navoiy romanidan

11) Qaysi temuriy hukmdor " qilichdan ko'ra mayga, jang maydonlaridan ko'ra chaman bog'larda tuzilgan sho'x bazmlarga moyil ?
J:Husayn Boyqaro

12) "Yirik, qiyiq, o'tkir qarovchi ko'zlari iroda va ingichka hiyla bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va sho'x tabiatni ham ifodalar edi " deya kimga ta'rif berilgan?
J:Husayn Boyqaro

13) Podsho qoshida bo'lib, farmonlarni yozib turadigan, ishlar haqida podshoga husob beradigan mansab qaysi?
J: Parvonachi

14) "O'tka yoqqil sarvni, ul qaddi ra'no bolmasa, Elga bergil gulni, ruxsori zebo bo'lmasa" misralari muallifi kim?
J:Husayn Boyqaro

15) "Muqarrib " sozining ma'nosi nima?
J:Yaqin turuvchi, hamsuhbat

16) Beklar begi deya ta'riflangan ,Husayn Boyqaroga yaqin joyda o"tiradigan shaxs?
J:Muzaffar barlos

17) Qadim beklar naslidan bo'lib, g'oyat bilimli, ulug'vor odam, qushga o'chligidan biror qushi o'lib qolsa, u uchun motam tutadigan shaxs?
J:Muhammad burunduq barlos

18) Telbaroq, lekin ajoyib qilichboz, bahodir, yovqur bek, har vaqt ikki qo'li bilan shatranj o'ynaydi " deya kim ta'riflangan?
J:Zulnun Arg'un

19 ) "Ajoyib qonun chaladigan, she'r aytadigan, xatni chiroyli bitadigan, she'rni favqulodda zavq va ingichkalik bilan tanlasa-da, ashaddiy fisq va fujurchi " deya kim ta'riflangan?
J:Xo"ja Abdulla Marvoriy

20) " Butun harakati nafis va nozik ajoyib raqs etadi, o'zi ixtiro qilgan raqslari bor " deya kim ta'riflangan?
J:Saydbadriddin

Dilnavoz Karimova
Mualliflik huquqi saqlansin!

BILIM MASKANI!
@ADABIYOT_21 | KANALI!
@ADABIYOT_21 | KANALI!