Get Mystery Box with random crypto!

Adabiy koʻzgu

Telegram kanalining logotibi adabiy_blog — Adabiy koʻzgu A
Telegram kanalining logotibi adabiy_blog — Adabiy koʻzgu
Kanal manzili: @adabiy_blog
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52
Kanalning ta’rifi

Filologik va nofilologik nuqtai nazardan

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-27 18:21:14
Янгилик!

Фёдор Достоевкийнинг «Вечний муж» асари устоз таржимон Иброҳим Ғафуров томонидан ўзбек тилига ўгирилди.

Мазкур асар яқин ойларда «Янги аср авлоди» нашриёти томонидан нашр этилади.

Иброҳим Ғафуровнинг ушбу асар таржимаси бўйича мулоҳазаларини видео кўринишида жойлаймиз.

@bookuzbekistan – янги китоблар
15 views15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-27 07:17:04
– Men esa faqat bir narsaga eʼtiqod qilaman... – dedi doktor.
... – Bir kunmas bir kun albatta oʻlib ketishimizga.
– Men sizdan boyroq ekanman, dedim men, – siz aytgan eʼtiqoddan boshqa menda yana bir eʼtiqod bor, u ham boʻlsa kunlardan bir kun bu dunyoga kelish kabi baxtsizlikka uchraganman...

Lermontov qalamiga mansub «Zamonamiz qahramoni " asaridagi Pechorin shaxsiyati uchun ochqichlar. Albatta, iqtibosdan toʻla xulosa chiqarishga urinmay, asarni toʻliq oʻqishni maslahat beramiz
24 views04:17
Ochish/sharhlash
2023-04-25 20:28:35 Tingshayishmoq – sergak turib sukut saqlamoq. Manba: «Turkiston qaygʻusi».
26 views17:28
Ochish/sharhlash
2023-04-25 15:42:22 АЛБИОН ҚИЗИ – Telegraph
https://telegra.ph/ALBION-%D2%9AIZI-04-25
27 views12:42
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:21:05
Bugun 25-aprel "Ulugʻ Turkiston" gazetasining ilk soni chiqqan kun. Ushbu gazeta 1917-1918 yillar mobaynida haftada ikki uch marotaba Toshkentda chiqib turgan. Gazeta idorasi oʻziga ijtimoiy siyosiy va adabiy gazeta maqomlarini olgan.
Birinchi jahon urushi, Turkistondagi ochlik, ijtimoiy siyosiy hayot, Qoʻqon Muxtoriyati bu gazetaning nigohida turgan. Bugungi kunda koʻpchilik tanimas Hidoyatulla Aliyev, Noʻshiravon Yovushev, Ahmad Tajaliddin, Muxtor Bakir kabi zabardast ziyoli jadidlar gazeta yuzini tashkil qilishgan.
Yana bir muhim jihati "Ulugʻ Turkiston" ijodkorlari butun Turkiston hududida bitta "oʻrta lahja" tashkil qilish gʻoyalarini ilgari surib, amaliy tarzda maqolalarga, sheʼrlarga tadbiq etishgan.
118 views11:21
Ochish/sharhlash
2023-04-24 08:16:44 Tingshayishmoq – sergak turib sukut saqlamoq.
Manba: «Turkiston qaygʻusi».
29 viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:28:51
"Oʻt qoʻyuvchilar" spektaklidan parcha.
35 viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2023-04-22 12:49:43 Har bir kitobda soʻzboshi uning ham avvali, ham oxiridir; u yo asarning maqsadini tushuntirib berish, yoki tanqiddan oʻzini oqlash va tanqidga javob vazifasini oʻtaydi. Biroq, odatda, axloqiy maqsad yoki jurnal tanqidlari bilan oʻquvchilarning ishlari boʻlmaydi, shuning uchun ular soʻzboshini oʻqimaydilar.
Lermontov.
35 views09:49
Ochish/sharhlash
2023-04-16 22:07:33
#taqriz
Gustav Floberning «Bovari xonim» asarini birinchi marta jahon adabiyoti darsidan oʻqiganmiz. Pdf variantda. U paytlari bu kitob nashrini topolmaganmiz. (Oʻzi aslida yangi nashrlardan koʻra qayta nashrlarga ham koʻproq eʼtibor berish kerakmi deyman)
Xullas, bu asar 1857-yilda yozgan. Muallif asarni yozish uchun yaxshigina tayyorlangan (5 yil). Bu badiiy jozibada ham sezilib turadi. Maishiy hayotni koʻrsatib berishiga qaramay, kitob tez oʻqiladi. Ozgina xafsala qilinsa kifoya.
Bovari xonimni koʻp hollarda Anna Karenina bilan qiyoslashadi. Sezib boʻlganingizdek, asarda bosh qahramon oʻz ehtiroslari jilovini yoʻqotib qoʻyadi va bu yoʻlda uning oilali ekanligi ham axloq chegaralari daxlsizligini taʼminlay olmaydi. Yozuvchining qalami mahorati asar markaziga olingan bu ayolni unga nisbatan cheksiz nafrat va gʻazabni tuyishga yoʻl bermaydi. Ha yozuvchining mahorati... Buning oʻrniga siz ayolga achinasiz. Uni yuzaga keltirgan ijtimoiy muhit haqida oʻylab qolasiz.
64 viewsedited  19:07
Ochish/sharhlash
2023-04-16 08:45:44 Bir kun paydo boʻlaman shu yurt, shu yerda,
Yurt shaydosi koʻmilmas gʻurbatda – goʻrda.
Ulugʻvor niyatlarga kor qilmas ajal,
Kim yurtdan yovni quvsa – mendurman oʻshal.

Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" sahna asaridan.
52 views05:45
Ochish/sharhlash