Get Mystery Box with random crypto!

Shakar tanqisligi vaqtida ko'p shakar sotib olish insofsizlik, | 🌶 Achchiq So'z

Shakar tanqisligi vaqtida ko'p shakar sotib olish insofsizlik, ammo bu harakat qonunbuzarlik emas!

Qonun buzilmadimi, demak, uni jazolash mumkin emas.

O'z navbatida va o'z puliga bir necha marotaba navbatga turib, shakar olgan odamni bunday sazoyi qilish aslida kasallik sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish hisoblanadi.

Unda ham yashash instinkti bor, u ham yaxshi yashagisi, arzon narxda xarid qilgisi keladi. Bu uning o'z tanlovi. Qonun buzilmadimi, jim o'tirish kerak.

Talab ko'paymoqdami demak chorasini qilib, taklifni ham ko'paytiringlar. Nega aybdorlar jazosiz qolib, o'z puliga navbatda turib shakar olgan iste'molchi jazolanadi?

Bozorni to'yintiringlar, quruq va'da bermasdan, shakar bemalol bo'lsin, kim shakar sotib olar ekan?! Oqibat bilan emas, asl kasallik bilan kurashinglar!

@Guvoh