Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi, bugun dunyo bo'ylab 100 000ga yaqin odam uyg'onmadi | “ACADEMY OF PSYCHOLOGY”

Bilasizmi, bugun dunyo bo'ylab 100 000ga yaqin odam uyg'onmadi va bu dunyoni boshqa ko'rmadi. Ulardan ba'zilari hayot uchun ko'plab rejalar tuzgandi. Kimdir uylanmoqchi, boshqasi ota-onasiga qo'ng'iroq qilmoqchi, kimdir esa nevara kutayotgan edi. Ularning hech biri ertaga bo'lmasligini tasavvur ham qila olmasdi. Alloh hammasini iymonli qilgan bo'lsin.

Lekin siz uyg'ondingiz. O'qishga yoki ishga bordingiz. Ovqatlandingiz, nafas oldingiz. Yashayapsiz. Kun davomida kim bilandir bilan janjallashib, shikoyat qildingiz. Ishonchni yo'qotib va taslim bo'ldingiz. Depressiyaga tushib va hayotni lan'atlab o'tirgan bo'lishingiz ham mumkin. Lekin siz hozir bugun dunyodagi 100 000ga yaqin odam sizning o'rningizda bo'lishni qanchalar orzu qilganini bilganingizda edi...

Arzimas va negativ narsalar sizni hayotdan zavq olib yashashingizga xalal berishiga yo'l qo'ymang. Chunki vaqt qisqa. Balki ertaga kelmasligi mumkin. Tiriklimiz uchun shukrona keltiraylik.

Barchaga ro'za Ramazon oylarida omonlik tilayman!

@academypsycho