Get Mystery Box with random crypto!

​​#eʼlon Hurmatli yurtdoshlar! Soʻngi yillarda yurtimizda Is | Abrorbek Turdiqulov | Blog

​​#eʼlon

Hurmatli yurtdoshlar!

Soʻngi yillarda yurtimizda Islom bankchiligi va iqtisodiyoti, biznes va moliyani Islom tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan baʼzi davlatlarning Islom bankchiligi tizimini yurtimiz bankchiligi sohasining ayrim tarmoqlarida qoʻllash, bank sohasida ishlayotgan xodimlar uchun ulamolar, Islom moliyasi mutaxassislari tomonidan treninglar oʻtkazish, mavzuga oid qoʻllanmalar chop etish kabilarni keltirib oʻtish mumkin.

Xalqaro Islom Moliyasi boʻyicha maslahat beruvchi firma IFAAS (www.IFAAS.com) Oʻzbekistonda Islom bankchiligi va moliyasiga boʻlgan talabning naqadar yuqori ekanini oʻrganish maqsadida tadqiqot olib bormoqda. Firma ushbu tadqiqot doirasida mazkur mavzu boʻyicha 10 ta oddiy savollar tuzib, yurtdoshlarimizning eʼtiborlariga havola etdi.

Savollarga javob berish uchun ushbu havola orqali soʻrovnomaga kirish mumkin:
https://forms.office.com/r/zcDi15Ww0B

IFAAS jamoasi savollarni taqdim etar ekan, yurtdoshlarimizning beradigan javoblari Oʻzbekiston hukumati va boshqa manfaatdor tomonlarga Islom moliyasi sohasining rivojini qoʻllab – quvvatlashga yanada yaxshiroq yordam berishiga umid bildirgan.

Yuqoridagi soʻrovnoma havolasini doʻstlaringiz, qarindoshlaringiz va hamkasblaringiz, shu jumladan, biznes egalari va sarmoyachilar bilan boʻlishishingizni iltimos qilamiz.

Manba: islom.uz

@abrorbek_turdiqulov