Get Mystery Box with random crypto!

​​Qanday bilim kerak(siz)? Ko'pchilik biron nimani bilish bil | Akhrorov | shaxsiy blog

​​Qanday bilim kerak(siz)?

Ko'pchilik biron nimani bilish bilmaslikdan yaxshiroq deb fikrlaydi. Lekin, bu dunyoda insonning umri va vaqti chegaralanganligini hisobga olib, bilimni kerakli va keraksiziga ajrata boshladim.

Kerakli(doimiy) bilimlar:
Aniq fanlar, matematika, diniy ilm, hayotiy prinsiplar, sog'lom hayot, baxtli oila va biznes qurish sirlari, ichki xotirjamlikka yetaklovchi odat va bilimlar.

Keraksiz(vaqtinchalik) bilimlar: Jahon siyosati, yangiliklar, har xil faktlar, biz tanimaydigan taniqli insonlarning hayotidagi o'zgarishlar, ko'ngilochar loyihalar.

Ko'rayotgan yoki o'qiyotgan narsangiz kerakli yoki keraksiz bilimligini ajratish uchun ajoyib bir prinsip bor, o'zingizga savol bering: shu ma'lumot men uchun 1-2-5 yildan keyin ham foydali bo'ladimi? Javob ha bo'lsa unda bu kerakli bilim.

E'tibor berib ko'ring, 1 hafta oldingi yangiliklar, 3 yil oldingi g'iybat, 2 yil oldingi siyosiy o'zgarishlar hech kimga qiziq emas. Bunday ma'lumotlar faqatgina o'sha vaqtingning o'zidagina qiziq xolos. Yana juda tez eskiradi.

Keraksiz bilimlar keraklilarini miyamizdan siqib chiqaradi. Motivatsiyamiz, diqqatimiz va eng asosiysi umrimiz chegaralanganini hisobga olib, faqat kerakli bilimlarni olishimiz kerak. Biz qiziqib ko'radigan vinelarning esa 3 kundan keyin aktualligi yo'qoladi.

Keraksiz bilimlardan qanday qutulsa bo'ladi ?
Foydasiz bilim ulashuvchi kanallardan chiqib keting, har bir kuzatayotgan kanalingizdan "shu yerdan nima oldim?" deb savol berib ko'ring. Olayotgan har bir bilimingizni yuqoridagi filtrga qo'yib ko'ring(doimiy yoki vaqtinchalik). Aminmanki, hayotingizdagi juda ko'p o'zgarishlar shu nuqtadan boshlanadi.

Post haqidagi o'z fikringizni va yana qanday postlar sizga qiziq bo'lishini commentda yozib qolding

@Abrorbek_pg