Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi, tongni nafaqat balansli nonushta, balki ovqatdan 30 | @abituriyentuz



Bilasizmi, tongni nafaqat balansli nonushta, balki ovqatdan 30-40 daqiqa avval suyuqlik ichish bilan boshlash kerak. Bu organizmning kun davomida yaxshi ishlashiga yordam beradi.

Kunni oddiy suv bilan boshlash eng samarali usul hisoblansada, iste’mol qilishda uning haroratiga e’tibor berish kerak. Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun suv 40-45 daraja haroratda bo‘lgani yaxshi.

Aynan iliq suv organizmni uyqudan keyin ishga tushishi, kechasi, ayniqsa, sekinlashadigan moddalar almashinuvining jadallashishi, shuningdek, organizmdan toksinlarning chiqarib yuborilishiga yordam beradi. Och qoringa bir stakan iliq suv ichish hazm jarayonini rag‘batlantirib, detoksikatsiyani ta’minlaydi va tetiklashishga yordam beradi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi