Get Mystery Box with random crypto!

#hikoya_vaqti – Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering | @abituriyentuz

#hikoya_vaqti

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O’g’lim, qachon o’yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo’lib qolding. Uyat emasmi?  yaxshisi bor qo’ylarga yem ber.

– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o’ynagani chiqsam maylimi?
– O’g’lim foydali ish bilan shug’ullansang bo’lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o’tlatib kel.

Oradan yillar o’tib, bolakay yaxshi cho’pon bo’lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og’iz ko’pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo’qligini iddao qilib o’tiribdi.

Xulosa: Biz insonlar shundaymiz nimanidir yaratish imkoni bo’lsada, qilmasdan nuqul boshqadan kutib nolishni bilamiz xolos.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi