Get Mystery Box with random crypto!

15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foyda | @abituriyentuz

15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani boʻldi.

Joriy yilda 39 ming 962 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan boʻlib, ularning 30 ming 253 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilingan. Bu haqda DTM xabar berdi.

Shundan 14 ming 746 nafar (48,7 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi taʼlim yoʻnalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi boʻlmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi taʼlim yoʻnalishiga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan boʻlar edi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy