Akademik ta'til qanday hollarda beriladi? Qonunchilikka ko‘ | @abituriyentuz
Akademik ta'til qanday hollarda beriladi?
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun; salomatligini tiklash uchun; homiladorlik va tug‘ish uchun; bolalarni parvarish qilish uchun.
Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:
harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga; salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga; homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.
Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta’til berilishi mumkin.
1-kurs talabalariga akademik ta’til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.
Akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!. 🔔 Reklama: @EduRek. ▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!. 😉 Biz bilansiz, demak ...