Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Abituriyentlar™ | Rasmiy kanal

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 6-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 355 153 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 215 867 nafar (61 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 139 286 nafar (39 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 212 244 nafar. Shundan:

116 646 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
95 598 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 25 843 nafar.
Toshkent viloyati — 25 783 nafar.
Farg‘ona viloyati — 21 141 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 21 064 nafar.
Andijon viloyati — 18 910 nafar.
Toshkent shahri — 17 921 nafar.
Surxondaryo viloyati — 17 306 nafar.
Namangan viloyati — 13 404 nafar.
Buxoro viloyati — 11 571 nafar.
Jizzax viloyati — 11 018 nafar.
Xorazm viloyati — 10 054 nafar.
Navoiy viloyati — 9 271 nafar.
Sirdaryo viloyati — 8 917 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 664 nafar.


(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6