#Bilasizmi #Qabul2022 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta | Davlat Test Markazi
#Bilasizmi #Qabul2022
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilishini bilasizmi?!
I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar uchun alohida ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi.
Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.
Batafsil yuqoridagi rasmda
Batafsil ma'lumot https://t.me/joinchat/AAAAAErKaZm6PwXNu1T9cg
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...