#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
2021-yil
21-aprel kuni Davlat test markazida
Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda baholash sohasida
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohada o‘zaro
tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek,
“Rus tili chet tili sifatida” (TRKI) testlarini Davlat test markazida joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Davlat test markazidan direktor o‘rinbosari
Sardor Radjabov va soha mutaxassislari hamda Sankt Peterburg davlat universitetining yoshlar siyosati va qabul bo‘yicha birinchi prorektori
Aleksandr Vyacheslavovich Babich, Tillarni baholash markazi direktori
Dmitriy Viktorovich Ptyushkin ishtirok etdilar.
Batafsil ma'lumothttps://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi