Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 106.56K
Kanalning ta’rifi

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-16 17:35:02
Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 19-may kuni to‘xtatiladi.
Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
9.5K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-05-16 15:02:54
Universitetni to‘g‘ri tanlash — ish topish muammosidan xalos qiladi!

Aynan shuning uchun ham sizga «Japan Digital University»ni tavsiya qilamiz.

Sababi, ushbu oliygohni muvaffaqiyatli bitirgan talabalarni universitet Yaponiyada ish bilan ta'minlaydi.

Shuningdek, universitetimizda:

• "Muhandis-dasturchi";
• "Kompyuter grafikasi va dizayn";
• "Sun'iy intellekt";
• "Kiberxavfsizlik";
• "Filologiya va tillarni o'qitish" (yapon tili);
• "Turizm" kabi yo‘nalishlarda ta'lim olishingiz mumkin.

Aytgancha, universitetga kirish uchun sizdan yapon tilini bilish talab etilmaydi

Qabul 17-maygacha davom etadi. Shunday ekan, hujjatlaringizni topshirishga shoshiling!

  HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

Youtube I Telegram I Facebook I Instagram <
8.5K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-05-15 16:25:27
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 11-12-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 39,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

Shuningdek, 2024-yil 14-15, 18-19-may kunlari ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
15.2K views13:25
Ochish/sharhlash
2024-05-15 14:56:32
Toshkent shahridagi Amity universitetida 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Grant asosida xorijiy universitet talabasi bo‘ling!

Imtihon sanasi: 13-iyun
Shoshiling, joylar cheklangan

IELTS 5.5+ sertifikati yoki ichki ingliz tili imtihonini topshiring

RO'YXATDAN O'TING

+998712079006
@amity_manager

Telegram Facebook Instagram Youtube <
17.3K views11:56
Ochish/sharhlash
2024-05-08 14:47:16
O'qishga qabul qilish tartibida o'zgarishlar bo'lmoqda

Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;

ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);

oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;

davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
16.2K views11:47
Ochish/sharhlash
2024-05-06 20:11:17 Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
15.1K views17:11
Ochish/sharhlash
2024-05-04 12:54:48 Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi.

Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
14.7K views09:54
Ochish/sharhlash
2024-05-01 13:26:27 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Chet tilidan ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi

Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan chet tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu yangi format aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha.
Test sinovi narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha.
@bba_ilmiy_markaz
https://t.me/BaholashUz/6512
(95) 507-70-72
(95) 515-68-68
14.5K views10:26
Ochish/sharhlash
2024-05-01 12:09:32
Texnologiyalar yordamida dunyomizni qanday qilib ekologik toza qilish haqida fikringiz bormi? Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan IT ECO FEST 2024 xalqaro ekofestivalining xakatonida ishtirok eting!

Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz:
ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar
yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan
amalga oshirish uchun shu kabi fikrlaydigan insonlarni va sheriklarni izlayapmiz.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 20 million so‘m
2-o‘rin — 15 million so‘m
3-o‘rin — 10 million so‘m


G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – RealSoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyihangizni taqdimot formatida 3 may soat 10:59 ga qadar https://forms.gle/g1hN62YpYdW9xkG89 koʻrinishida topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuni Astrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi.

Natijalar 5-may kuni kechqurun Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi. Ishtirok etish haqida savollaringizni ushbu post ostidagi izohlarda berishingiz mumkin. Biz sizning g'oyalaringizni kutamiz va biz birgalikda dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishimizga aminmiz!
16.1K views09:09
Ochish/sharhlash
2024-04-25 11:16:04
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:

xalqaro olimpiada g‘oliblari;
ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
24.4K views08:16
Ochish/sharhlash