O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni 2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan. Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati: “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov). “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov). “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat). “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim). “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor). @Abituriyent | Axborot portali https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy 33.9K views11:46