O‘qishga kirishda yana bir imtiyoz: hokim yordamchilari OTMga | Abituriyent | Axborot portali
O‘qishga kirishda yana bir imtiyoz: hokim yordamchilari OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish xarajatlarini moliyalashtirish davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
O‘qishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyanomasi asosida, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan iqtisodiyot sohasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Barcha abituriyentlarga ulashing!
@Abituriyent rasmiy sahifalari Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!. - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot. 📬 Reklama: http...