OTM magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘l | Abituriyent | Axborot portali
OTM magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Buning uchun davlat OTMning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
2022 yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (2023 yildan OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi.
Talabgorlarga to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15 oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
Barcha abituriyentlarga ulashing!
@Abituriyent rasmiy sahifalari Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!. - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot. 📬 Reklama: http...