#Qabul2022 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi k | Abituriyent | Axborot portali
#Qabul2022 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
2022-yil 24-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):
Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod(natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Izoh:mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Barcha abituriyentlarga ulashing!
@Abituriyent rasmiy sahifalari Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!. - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot. 📬 Reklama: http...