Get Mystery Box with random crypto!

​​ Yapon taʼlim sifati asosida faoliyat yurituvchi, Oʻzbekis | Abituriyent | Axborot portali

​​ Yapon taʼlim sifati asosida faoliyat yurituvchi, Oʻzbekistondagi ilk Yaponiya oliygohi - Japan Digital University'da 6-qabul jarayonlari tugashiga 7 kun qoldi!

Xalqaro darajadagi mutaxassis boʻlib yetishish, birdaniga 3 ta diplom egasi boʻlish, ham oʻqib ham daromad topish, oʻqishni tamomlagandan soʻng Yaponiyaga ketish imkoniyati- bularning barchasi Japan Digital University'da.

Japan Digital University'ga oʻqishga kirish uchun abituriyentlardan yapon tilini bilishi talab qilinmaydi. Imtihon Davlat test markazi standartlariga mos tuzilgan faqatgina matematika fani boʻyicha oflayn JDU binosida boʻlib oʻtadi.

Abituriyentlar davlat oliygohlariga hujjat topshirish bilan bir vaqtning oʻzida Japan Digital Universityga ham hujjat topshira oladilar.

Eslatma! Imtihon kunlari 25-iyuldan 31-iyulga qadar davom etadi. Imtihon zamonaviy texnologiyalar asosida olinganligi bois, imtihon javoblari tez chiqadi, davlat imtihonlariga xalaqit bermaydi.

Qoʻshimcha maʼlumot: Japan Digital University imtihondan oʻtib universitetga kirgan talabalar uchun kontrakt toʻlovlarini toʻlashda qulaylik yaratish uchun Asia Alliance bank bilan memorandum imzolagan. Unga koʻra, bank universitet talabalariga hech qanday garovsiz 3 yildan 5 yilgacha foizsiz kredit taqdim etadi.

Fursatni boy bermay 2022-2023-oʻquv yili 6-qabul uchun hujjat topshirib, xalqaro taʼlim sifatiga ega universitetda oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiriting.

6-qabul uchun hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/enrollee

Tel: +998712000595