Get Mystery Box with random crypto!

​​ RASMAN: 5-avgustdan test sinovlari boshlanadi Pandemiya | Abituriyent | Dtm.uz

​​ RASMAN: 5-avgustdan test sinovlari boshlanadi

Pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilgi kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda oʻtkaziladi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

Savollar soni ham qisqartirildi.

Ilgari 5 ta fandan jami 105 ta savol berilar edi, hozir 5 ta fandan jami 70 ta savol beriladi. Shunda 3 ta majburiy fanlardan 10 tadan savol (ilgari 15 tadan edi), 2 ta mutaxassislik fanlaridan esa 20 tadan (ilgari 30 tadan edi) savol beriladigan boʻldi.

70 ta savol uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 189 ball.

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV