Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishni ohirgi muddati qa | Abituriyent | Dtm.uz

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishni ohirgi muddati qachon?

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Yani bugun 22-iyul kuni to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok eta olmasliklari mumkin.

Abituriyentlar tomonidan to‘lov amalga oshirilganda Yagona billing tizimi tomonidan Davlat test markazining tizimiga real vaqt rejimida xabar yuboriladi va abituriyentlarning shaxsiy kabinetida shakllantirilgan invoys o‘rnida to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek, abituriyentlarning telefon raqamiga bu to‘g‘risida SMS xabarnoma yuboriladi.


@Abituriyentsuz