Get Mystery Box with random crypto!

Kontraktning qancha qismini kim qachongacha toʻlashi kerak? Y | Abituriyentlar Kanali

Kontraktning qancha qismini kim qachongacha toʻlashi kerak?

Yaqinda ayrim toifa talabalar uchun toʻlov-kontrakt toʻlash muddati 10-dekabrgacha uzaytirilgani maʼlum qilindi. Shu xabardan soʻng, “bu kimlar uchun” degan savollar koʻpaydi.

Quyidagi maʼlumotdan barchasi tushunarli boʻladi degan umiddaman:

1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):
kontraktning 25%ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak;

1-kursda super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlganlar:
super-kontraktning 50% ini 10-dekabrgacha toʻlashi kerak;

Davlat OTMga oʻqishini tiklagan talabalar (nechanchi kursligidan qatʼi nazar):
kontraktning 25%ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak;

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga oʻqishini koʻchirgan talabalar (nechanchi kursligidan qatʼi nazar):
kontraktning 25%ini 10-dekabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak;

Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga oʻqishini koʻchirgan talabalar (nechanchi kursligidan qatʼi nazar):
kontraktning 50% ini 10-dekabrgacha toʻlashi kerak;

2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:
kontraktning 25% ini 1-oktabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha toʻlashi kerak edi. Yuqori kurs talabalariga kontrakt toʻlash muddatini uzaytirishni OTM rektorining (filial direktori) oʻzi hal qiladi. Shu sababli turli OTMlarda muddat turlicha boʻlishi mumkin.

Xushnudbek

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf