Get Mystery Box with random crypto!

Yalqov shogird ustozidan soʻradi: - Ustoz, nega men 12 yildan | Abituriyentlar Kanali

Yalqov shogird ustozidan soʻradi:
- Ustoz, nega men 12 yildan beri oʻqishga kira olmayapman? Buning sababi nimada?

Ustoz chuqur oʻyga toldi va javob berdi:
- Boʻtam, siz tong quyoshining togʻlar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini kuzatasizmi?

- Albatta, ustoz!

- Oydek suluv goʻzalning koʻksiga boshingizni qoʻyib, uning har bir yurak urishini his qilasizmi?

- Juda ko‘p qilganman ustoz!

- Qadah to‘ldirilgan piyolada o‘z aksingizni ko‘rganda hayotdan bahra olasizmi?

- Juda ham koʻp marta, ustoz! desa ustozi shunday javob beribdi:

- Haa, padaringga laʼnat! Eshshak, vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qoʻyib, qunt bilan oʻqiganingda hozir universitetda professor boʻlib yurgan boʻlarding! Heee mol! deyarmish...

Imtihonga tayyorgarlik qilayotgan tanishlarga yuborib qo‘ying...

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf